Obuna bo`ling!
USD10496.99
EUR12551.25
RUB138.59
Milliy gvardiya xodimi xizmat avtomobilida fuqaroni urib ketdi
Apr 3, 2021
40

Farg‘onada belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Holat bo‘yicha harbiy prokuratura tomonidan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kecha, 2-aprel kuni Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasiga tegishli bo‘lgan “UАZ Pikap” avtomashinasida YTH sodir etilgan.

Ushbu xizmat avtomashinasi haydovchisi S.Sh. xizmat yuzasidan “Farg‘ona-Vodil” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida piyodalar o‘tish uchun belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro B.N.ni urib yuborgan.

Harbiy xizmatchi avtomashinada fuqaroni shifoxonaga olib borgan. Аmmo, jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Hozirda mazkur YTH bo‘yicha Farg‘ona viloyati Harbiy prokuraturasi tomonidan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda. Xizmat avtomashinasi prokuratura ixtiyoriga topshirilgan.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50