Obuna bo`ling!
USD10496.99
EUR12551.25
RUB138.59
“Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Farg‘ona viloyatidagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishdi
Apr 3, 2021
131

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Batirov Xusan Аrzudinovich boshchiligidagi ishchi – guruh amaliy tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi.

Kecha, 2-aprel kuni ishchi – guruh aʼzolari “Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona viloyat kengashi tasarrufidagi Rishton, Bog‘dod va Beshariq tuman o‘quv sport texnika klublarida hamda Qo‘qon avtomobil maktabida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida ishchi – guruh aʼzolari tashkilotlarning o‘quv moddiy negizi, yoshlar o‘rtasida olib borilayotgan harbiy – vatanparvarlik targ‘iboti tadbirlari, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish va ommalashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, sport to‘garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berdilar.

Shuningdek, tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab – quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” gi PF-6155 sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab – quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida” gi №132-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yoshlarni mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tanishdilar.

Markaziy kengash raisi X.Batirov tashrif doirasida Beshariq tumani hokimi R.Jo‘raev va Moliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Ubaydullaevlar bilan uchrashib, Farg‘ona viloyat hokimligining 2020-yil 16-dekabrdagi №333/01-49-sonli yig‘ilish bayoniga asosan Farg‘ona viloyatida “Temir daftar” ga va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan fuqarolar hamda horijda ishlash istagida bo‘lgan mehnat migrantlarini “Vatanparvar” tashkilotida haydovchilik kasbiga o‘qitish orqali bandligini taʼminlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha kelishib oldilar.

Shu kuni ular “Vatanparvar” tashkiloti Beshariq tuman o‘quv sport texnika klubida uzoq yillar ishlab, 60 yoshni qoralagan ikki nafar xodimlarni nafaqaga kuzatish marosimida ishtirok etdilar.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50