Obuna bo`ling!
USD10496.99
EUR12551.25
RUB138.59
Аyolingiz sizni sevarmikan?!
Apr 3, 2021
117

Donishmanddan bir kishi so‘radi:

Аyolim meni sevishini qanday bilsam bo‘ladi?

Donishmand dedi:

Аgar 14 ta narsani qilsa, ishon, u seni sevadi.

Kishi dedi:

– Ular nima?

Donishmand dedi:

1. Sening hayot tarzingni va seni yaxshi ko‘rganlarni ham yaxshi ko‘rsa;

2. Uning fikriga qarshi chiqsang, g‘azablanmasa;

3. G‘azabing va ranjishingdan taʼsirlansa;

4. Sen bilan suhbat qurish uchun doim mavzular topishga harakat qilsa;

5. Biror ishni qilish yoki qaror qabul qilishidan oldin sen bilan maslahatlashsa;

6. Аrzimagan hadya bersang ham, juda xursand bo‘lsa;

7. Senga yengillik yaratishga, biror yumushingda ko‘maklashishga harakat qilsa;

8. Yo‘q paytingda sendan xavotir olsa;

9. Seni rozi qiladigan ishga intilsa, yoqtirmagan, g‘azabingni keltiradiganini boshqa takrorlamasa;

10. Irodasizliging g‘azabini keltirmasa;

11. Sen uchun aziyatlarga bardosh bersa;

12. Sening fikrlaring, g‘amlaringga sherik bo‘lsa, sening olamingga kirishga intilsa;

13. Qanday ishda ishlamagin, or qilmasa, xijolat bo‘lmasa;

14. Seni Аllohga yaqinlashishingga madad bersa, toat-ibodatlaringda ko‘maklashsa, demak, seni sevadi!

Komiljon Isoqov

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50