Obuna bo`ling!
USD10542.66
EUR12826.20
RUB142.58
Farg‘onada joriy yilda 38 ta mahalla va qishloqlar davlat dasturiga kiritilgan. Dastur ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi
May 4, 2021
37

Anjuman qatnashchilariga jamiyat tomonidan viloyatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari ijrosi yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumotlar berildi.

Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" АJ tomonidan viloyatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi bajarilishi hamda АSKUE tizimini joriy etilishi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Farg‘ona HETK” АJ matbuot xizmati maʼlum qildi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar qatnashgan tadbir avvalida jamiyat rahbariyati tomonidan 3 may – “Halqaro matbuot erkinligi kuni” bilan barcha soha xodimlarini muborakbod etib, bugungi kunda mamlakatimizda OАVlarga berilayotgan eʼtibor, ularning jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi alohida taʼkidlandi.

Shundan so‘ng, anjuman qatnashchilariga jamiyat tomonidan viloyatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari ijrosi yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumotlar berildi.

Taʼkidlanishicha, joriy yilda viloyat bo‘yicha jami 38 ta mahalla va qishloqlar “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritilgan bo‘lib, hozirgi kungacha mazkur mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi elektr tarmoqlari va mavjud elektr qurilmalar to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi. Elektr taʼminotiga bog‘liq aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida jami uzunligi 34,2 km bo‘lgan elektr tarmoqlarini tortish va 27 dona yangi zamonaviy transformator punkti o‘rnatish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Darhaqiqat, bugun “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi doirasida barcha mahallalarda bu boradagi ishlar boshlanib, shu kunga qadar 19 km uzunlikdagi 0,4-6-10 kVli yangi elektr tarmoqlari qurildi. Bundan tashqari joylarda belgilangan loyihalarga asosan, 25 dona yangi zamonaviy transformator punktlari o‘rnatildi.

Tadbir davomida yig‘ilganlar eʼtibori elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (АSKUE)ni Farg‘ona viloyatida joriy etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi. Qayd etilishicha, tizimning to‘liq ishga tushirilgunicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, sifatli yakuniga yetkazish soha xodimlari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bu borada jurnalistlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar.

Matbuot anjumani ochiq muloqot tarzida davom etib, ishtirokchilarning savol va takliflari atroflicha tinglandi. Tegishli mutaxassislar berilgan savollarga javob berdilar. Аnjuman yakunida jamiyat rahbariyati tomonidan ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, kelgusida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yanada oshirish haqida kelishib olindi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50