Obuna bo`ling!
USD10518.99
EUR12798.46
RUB139.72
Hozirda auksionda savdoda bo'lgan 30 Z 777 ZZ raqami taqilgan avtomobil surati tarqaldi
Jan 4, 2021
73

Hozirda auksionda savdoda bo'lgan 30 Z 777 ZZ raqami taqilgan avtomobil surati tarqaldi. IIV bunga rasmiy izoh berdi

Joriy yilning 4 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda "Auksionda hozir savdo bo'layotgan bu avtoraqam qanday qilib berilgan va mashinaga taqilgan" sarlavhasi ostidagi bir necha video lavha va fotosuratlar tarqaldi.

Xabarlarda, oq va qora rangli "Malibu" rusumli transport vositalarida 30 Z 777 ZZ davlat raqam belgisi o'rnatilgan holati aks etgan.

IIV YHXBB xabar qilishicha, ayni vaqtda Avtoraqamlar onlayn auksionida 30 Z 777 ZZ davlat raqam belgisi ishtirokchilar tomonidan onlayn tarzda o'ynalib, raqam Samarqand viloyati IIB YHXB RO' va IOBda saqlanmoqda.

"Ushbu davlat raqami belgisi belgilangan tartibda, ya'ni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 noyabrdagi 687-son qaroriga asosan Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi fuqaroning 2020 yil 7 noyabrdagi murojaatiga asosan auksion savdolariga Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan qo'yilgan.

Auksion savdolari yakuniga ko'ra g'olib deb topilgan fuqaro belgilangan tartibda to'lovlarni amalga oshirgan holda 30 Z 777 ZZ davlat raqam belgisini Samarqand viloyati IIB YHXB Ro'yxatdan o'tkazish va imtihon olish bo'limidan avtotransport vositasiga rasmiylashtirib olishi mumkin.

2021 yil 4 yanvar kuni soat 14:10 holatiga ushbu nomer auksion savdolarida o'ynalayotganligini ma'lum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan asossiz xabarlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tarmoq obunachilaridan asossiz xabarlar tarqatmasliklarini so'rab, yolg'on ma'lumot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligi haqida ogohlantiramiz" - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50