Obuna bo`ling!
USD10414.86
EUR12344.73
RUB136.69
Farg‘onada «Evro 4» va «Evro 5» dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish boshlandi
Nov 5, 2020
68

Farg‘ona viloyatida «Evro 4» va «Evro 5» standartidagi dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish boshlandi. Investitsiyaviy loyihaning umumiy qiymati 300 mln АQSh dollarini tashkil etadi.

5 noyabrdan zavodda «Evro 4» va «Evro 5» dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan GDS blokining (dizel yoqilg‘isini gidro-sulfatizatsiya qilish texnologik qurilmasi) tantanali ravishda ishga tushirildi.

Ushbu loyiha doirasida 1999 yilda foydalanishga topshirilgan GDS bloki qurilmasining mavjud katalizatorini zamonaviy va yuqori samarador bo‘lgan katalizatorlarga almashtirish maqsadida Frantsiyaning Axens kompaniyasi bilan katalizator ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Qurilma «Toyo injiniring korporeyshn» (Yaponiya) tomonidan qurilgan bo‘lib, uning loyihaviy quvvati yiliga 1 700 000 tonnani tashkil etadi.

O‘zgarishlar o‘z navbatida zavodda ishlab chiqarilayotgan Yevro 2 dizel yonilg‘isi sifatini kelgusida Yevro 4 va Yevro 5 standartlari talablari darajasiga oshirib, oltingugurt chiqindilarini kamaytirishga, eksport imkoniyatlarini kengaytirishga va tolling (qayta ishlash) operatsiyalarining jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

2030 yilgacha hom-ashyo hajmini 2 mln tonnagacha yetkazish, ichki va tashqi bozorga «Evro 5» standarti andozasidagi 520 ming tonna avtobenzin va 640 ming tonna dizel yoqilg‘isi, qo‘shimcha 200 ming tonna Jet A-1 rusumli aviayoqilg‘isini yetkazib berish hamda chuqur qayta ishlashni 82−84 foizdan 92 foizgacha oshirish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50