Obuna bo`ling!
USD10414.86
EUR12344.73
RUB136.69
Koronavirusni davolashning yangi uslubi shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda
Nov 5, 2020
70

Nyu-Yorklik shifokor Vladimir Zelenko tomonidan taklif qilingan koronavirus kasalligini davolash bo‘yicha qo‘llanma butun dunyo shifokorlari va olimlari o‘rtasida tortishuvlar maydoniga aylandi.

АQSh Prezidenti Donald Tramp va Nyu-Yorkning sobiq meri Rudolf Julianining shu qo‘llanma bo‘yicha davo topganlariga qaramay, hamon shifokorlar jamoasi yagona xulosaga kelishga ikkilanishmoqda.

Doktor Zelenko koronavirusli bemorlar uchun kasalxonaga qadar 15 kunlik davolanish rejimini taklif qilgan: 5 kun – bezgakka qarshi preparat gidroksixloroxin kuniga ikki marta 200 mg, 5 kun – kuniga 500 mg antibiotik azitromitsin, 5 kun – mikroblarga qarshi yordamchi sink sulfat kuniga 220 mgdan. Doktor Zelenkoning so‘zlariga ko‘ra ushbu davolash rejimini ishlab chiqishda u Xitoy va Janubiy Koreyaning ilmiy va epidemiologik maʼlumotlariga tayangan.

Zelenko quyidagi patofarmakologik asoslarni keltiradi:

“Gidroksixlorokin ruxning hujayraga kirib borishiga yordam beradi. Sink hujayrada virus replikatsiyasini sekinlashtirishi ham maʼlum. Аzitromitsinni ishlatishga kelsak, u bakteriyalarning ikkilamchi ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ushbu uchta dori taniqli va odatda yaxshi muhosaba qilinadi, shuning uchun bemorlar uchun xavf miqdori minimal bo‘ladi”.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50