Obuna bo`ling!
USD10414.86
EUR12344.73
RUB136.69
Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov 4,6 ming yevrolik kurtkasini qayerdan olganini aytdi
Nov 5, 2020
93

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Sadir Japarov qimmat kiyimlarini qayerdan olganini ma’lum qildi.

“Region” telekanalining qayd etishicha, siyosatchi 2,5 ming dollar turadigan jilet va 4,6 ming yevro turadigan kurtka kiyadi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

“Kiyimni men o‘zim tanlamayman. Asosiysi, kiyim yarashishi va mos keluvchi o‘lchamda bo‘lishi, shundan keyin uni kiyaman. Menga kiyimni turmush o‘rtog‘im olib keladi”, — deya ta’kidlagan Sadir Japarov.

“Bu kiyimni menga yaqin qarindoshlarim, do‘stlarim tabriklagan vaqtda sovg‘a qilgan. Axir narxini so‘ramaysan-ku. Bugungacha so‘ramaganman. Qanday qilib olmaysan? Masalan, do‘stim menga kurtka olib keldi, narxini esa so‘ramadim. Agar ertaga uni kiysam, yana gap-so‘z bo‘lishi mumkin”, — deya tushuntirish bergan Japarov.

Sadir Japarovning so‘zlariga ko‘ra, kiyimlarining bir qismini unga fuqarolar jo‘natgan.

“Moskva, Sankt-Peterburg, Qozondagi vatandoshlar ham kiyimlar to‘plab, menga jo‘natdi. Hozir o‘zimda bor kiyimlarni kiyyapman. Odamlar kiyayotgan kiyimlarni kiyyapman. Biroq narxini so‘ramaganman, hatto qiziqmaganman. Narxiga qaramayman, asosiysi — mos tushishi. O‘zim bozorga, do‘konga bormayman, menga turmush o‘rtog‘im olib keladi”, — degan Sadir Japarov.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50