Obuna bo`ling!
USD10496.99
EUR12551.25
RUB138.59
Bog‘cha tarbiyachisining qo‘lidan otilgan qoshiq 5 yoshli bolani ko‘zidan ayirdi
Apr 6, 2021
68

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 13-oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yordamchi tarbiyachi Nodira Asadova (ism familiyasi o‘zgartirilgan) 2020-yil 16-oktyabr kuni bog‘cha tarbiyalanuvchilariga ovqat tarqatayotgan vaqtida bolalar baqir-chaqir qiladi.

O‘zA xabariga ko‘ra, tarbiyachi ularni tinchlantirish maqsadida qo‘lidagi temir qoshiqni silkitgan vaqtida ehtiyotsizlik natijasida qo‘lidan chiqib ketib, 2016-yilda tug‘ilgan Azizbekning ko‘z qismiga tekkan. Buning natijasida unga og‘ir shikast yetadi.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan Azizbekda o‘ng ko‘z shox pardasini, sklerani, rangdor pardani yirtilgan yarasi-o‘ng ko‘z olmasi butunligini buzilishi ko‘rishni to‘liq yo‘qolishi kabi jarohatlar bo‘lib, bu hayot uchun xavflilik mezoniga ko‘ra og‘ir tan jarohatlar toifasiga kirishi aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Ish hujjatlari va sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, tarbiyachi N. Asadova ehtiyotsizligi oqibatida bolaning ko‘z qismiga og‘ir shikast yetkazishga sabab bo‘lgan. Sudda bolani davolanishi uchun 14 million so‘m pul berganligini ma’lum qilib, qilmishidan pushaymon bo‘ldi. N. Asadovaga Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi asosida jazo tayinlanib, fuqaroviy javobgar 13-oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotidan 4 million 700 ming so‘m moddiy zarar jabrlanuvchining qonuniy vakili foydasiga undirilishi belgilandi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50