Obuna bo`ling!
USD10588.01
EUR12881.37
RUB146.62
Farg‘onada bir guruh niqob taqqan bosqinchilar qo‘lga olindi
Apr 6, 2021
124

Shu yilning 30-mart kuni kuni soat 00:50 larda uch nafar nomaʼlum shaxslar bir guruh bo‘lib, yuzlariga niqob taqqan holda M.Xasanov MFY hududida yashovchi Ya.А.ning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda devor oshib kirishadi.

Farg‘ona viloyati IIB Аxborot xizmatining maʼlum qilishicha, bosqinchilar, uyning yotoqxonasida uxlab yotgan Yu.O.ni va uning turmush o‘rtog‘i Yu.F.ni hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan usulda tanasining turli joylariga qo‘llari bilan uradi. Jabrlanuvchi Yu.F nomaʼlum shaxslarning biriga faol qarshilik ko‘rsatganda, bosqinchilar sherigini qutqarish uchun o‘tkir tig‘li jism bilan Yu.F.ga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashirinishadi.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v,g” bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Farg‘ona viloyati IIB JQB va tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.N., Q.M. va O.А.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50