Obuna bo`ling!
USD10650.06
EUR12497.85
RUB146.08
Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilandi
Sep 7, 2021
45

Hukumat qarori bilan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Isteʼmolchi elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXP yoxud “ELEKTR” dasturiy taʼminoti (Onlayn platforma) orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Bu haqida Аdliya vazirligining xuquqiy axborot kanalida maʼlum qilindi.

So‘rovnoma to‘ldirilib, tegishli maʼlumotlar taqdim etiladi. Xizmat uchun BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. YaIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im miqdori 24 300 so‘mni tashkil etadi.

Isteʼmolchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun Onlayn platforma orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat etganda yig‘im undirilmaydi.

Isteʼmolchi murojaat etgan kundan boshlab 3 ish kunida elektr tarmoqlariga ulanishni rad etgan taqdirda, tegishli to‘lov summasi isteʼmolchiga 3 ish kunida qaytarib beriladi.

Ulanadigan quvvati 20 kVt.gacha bo‘lgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish talab etilmaydi. Bunda HETK tomonidan ishlab chiqilgan elektr tarmoqlariga ulash sxemasi elektr taʼminoti loyihasi hisoblanadi va uni kelishish talab etilmaydi.

Ulanadigan quvvati 50 kVt.gacha bo‘lgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash belgilangan muddatlarda tabaqalashgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.

Mazkur tartib 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritiladi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50