Obuna bo`ling!
USD10496.99
EUR12551.25
RUB138.59
Andijondan o‘g‘irlangan mashina Namangandan «so‘yilgan» holatda topildi
Apr 6, 2021
48

2021-yil 4-aprel kuni soat 07:30 da Andijon viloyati Baliqchi tuman IIBga fuqaro 27 yoshli Sarvarbek R. murojaat qilgan. U o‘ziga tegishli «Spark» rusumli avtomashinasini 2021-yil 3-aprel kuni soat 22:30 larda yashash uyi oldida eshiklari qulflanmagan holda qarovsiz qoldirib, yashash xonadoniga kirib ketgan. 4-aprel kuni soat 05:50 larda avtomashinasidan xabar olish uchun qaragan vaqtida, avtomashinasi qo‘yilgan joyida yo‘qligini bildirgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida ushbu avtomashinaga o‘rnatilgan «GPS» qurilmasi signali avtomashina Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hududida harakatlanayotganligini ko‘rsatgan. Unga asosan viloyat hududida to‘sib ushlash tadbiri e’lon qilingan va Namangan viloyati Davlatobod tumanida yashovchi 29 yoshli Akbar Q.ning yashash xonadonidan Sarvarbek R.ga tegishli avtomashinaning davlat raqam belgisi yechilib, ehtiyot qismlarga ajratilgan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Akbar Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «g» bandi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50