Obuna bo`ling!
USD10650.06
EUR12497.85
RUB146.08
Oltiariqda qatag‘on qurbonlari xonadonidan xabar olindi
Sep 7, 2021
53

“Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” munosabati bilan qatag‘on qurbonlari merosini o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirish uchun tadbir tashkillandi. Bu haqida “vodiy24.uz”ga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat bo‘limi maʼlum qildi.

El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida jasorat ko‘rsatgan qatag‘on qurbonlarining avlodlari bo‘lgan, kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy yordamlar ko‘rsatish maqsadida “Inson - aziz, xotira - muqaddas" degan g‘oya asosida, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati boshqaruvi hamda Oltiariq tuman bo‘linmasi hodimlari bir qator mahalla faollari bilan birgalikda tumandagi “Toshobod” MFY hududida istiqomat qilayotgan qatag‘on qurboni Isoqjon Mo‘ydinovning (avlodi) farzandi Аbdulla Mo‘ydinovning xonadoniga tashrif buyurdilar.

Tashrifda Mehnat faxriysi Vaxobjon Аzimov ishtirok etib, mahallalarda aholi, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ko‘rsatgan jasorati va ibratli faoliyatlarini targ‘ib etib, Oltiariq tumanidagi qatag‘on qurbonlari tarixi bilan tanishtirdi. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati boshqaruvi tomonidan zamonaviy muzlatgich va oziq-ovqat mahsulotlari xayriya sifatida taqdim etildi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50