Obuna bo`ling!
USD10650.06
EUR12497.85
RUB146.08
“Yozgi biatlon” bo‘yicha Farg‘ona viloyati chempionati o‘tkazildi
Sep 10, 2021
51

Kecha, 9 sentabr kuni Toshloq tumanida “Vatanparvar” tashkiloti Toshloq tuman o‘quv sport texnika klubi amaliy mashq maydonida yoshlar o‘rtasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sportga keng jalb etish maqsadida “Yozgi biatlon” sport turi bo‘yicha viloyat chempionati musobaqalari o‘tkazildi.

“Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashining maʼlum qilishicha, musobaqada “Vatanparvar” tashkiloti viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori А.Qodirov, markaz direktori o‘rinbosari Sh.Xaydarov hamda 100 ga yaqin sportchi yoshlar ishtirok etishdi.

Qiziqarli va murosasiz o‘tgan musobaqa natijalari quyidagicha:

2000 – 2005-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – VTАSTM sportchisi – Nuraliev Raxmatjon;

2-o‘rin – Quva tuman O‘STK sportchisi – Аnvarov Аsrorbek;

3-o‘rin – Oltiariq tuman O‘STK sportchisi – Raxmanaliev Muhammadali;

2000 – 2005-yilda tug‘ilgan qiz bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – VTАSTM sportchisi – Аripova Odina;

2-o‘rin – Marg‘ilon shahar O‘STK sportchisi – Аbdullaeva Muslima;

3-o‘rin – Quva tuman O‘STK sportchisi – Аbdusattorova Surayyo;

Jamoalar o‘rtasida:

1-o‘rin – VTАSTM jamoasi;

2-o‘rin – Quva tuman O‘STK jamoasi;

3-o‘rin – Oltiariq tuman O‘STK jamoasiga nasib qildi.

Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar va jamoalarga “Vatanparvar” tashkilotining esdalik sovg‘alari va diplomlari topshirildi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50