Obuna bo`ling!
USD10650.06
EUR12497.85
RUB146.08
Dunyodagi eng mashhur 5 ta veb sayt
Sep 10, 2021
53

Bugungi kunda internetda 1,5 milliarddan ziyod veb resurslar mavjud. Lekin, bu biz ularning bariga tashrif buyuramiz degani emas.

Odatda odamlarning doimiy ravishda tashrif buyuradigan bir nechta saytlari bo‘ladi va bu o‘sha saytlarning mashhurligini oshiradi.

Bugun biz sizga 2020-yilda eng ko‘p tashrif buyurilgan 5 ta sayt haqida maʼlumot beramiz:

1. YouTube.com

Oylik tashrif buyuruvchilar soni: 8,564 milliard

YouTube - dunyodagi eng mashhur video-ko‘ngilochar manba va uning birinchi o‘rinda turishi ajablanarli emas. Bu pozitsiyani har daqiqada saytga 500 soatdan ortiq video kontent yuklanishi va har kuni 1 milliarddan ortiq video ko‘rilishi tasdiqlaydi.

2. Facebook.com

Oylik tashrif buyuruvchilar soni: 3,483 milliard

Facebook - eng yirik ijtimoiy tarmoq va dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan ikkinchi resurs.

SimilarWeb tadqiqotiga ko‘ra, har bir foydalanuvchi kuniga 58 daqiqa vaqtini Facebookda o‘tkazadi. Facebook, shuningdek, o‘zining mashhurligini juda yaxshi monetizatsiya qila olgan. Hozirda kompaniyaning qiymati 750 milliard dollarga teng.

3. Wikipedia.org

Oylik tashrif buyuruvchilar soni: 2,223 milliard

Ilgari, bu portalga ishonchsiz maʼlumot manbalaridan biri sifatida qaralardi. Lekin tez orada Wikipedia internetdagi eng kuchli bilim manbai sifatida o‘z o‘rnini egalladi. Portalga keladigan trafikning katta qismi qidiruv so‘rovlaridan kelib chiqadi: gap shundaki, Google qidiruv natijalarida sayt deyarli har doim birinchi, ikkinchi yoki uchinchi o‘rinda chiqadi. To‘g‘ri hamma ham manba maʼlumotlariga 100 foiz ishonaman deb ayta olmaydi. Ammo aksariyat hollarda ko‘pchilik vikipediaga ishonadi.

4. Twitter.com

Oylik tashrif buyuruvchilar soni: 2.008 milliard

Twitter - dunyodagi eng mashhur to‘rtinchi sayt va Amerikada uchinchi o‘rinda turuvchi ijtimoiy tarmoq. Bu ko‘rsatkich bilan Twitter AQShda Facebookni ortda qoldirgan.

Ammo odamlar kuniga 58 daqiqa sarflaydigan Facebookka nisbatan, Twitter odamlar resursdan foydalangan vaqtlari bilan maqtana olmaydi, bu kuniga atigi 1 daqiqani tashkil etadi.

Twitter - bu axborotni tez o‘zlashtirish portali hisoblanadi. Ayni damda bu uning monetizatsiya qilishdagi kamchiligidir. Portal o‘z qiymatini atigi 29 milliard dollar miqdorida ekanini eʼlon qilgan, bu Facebook qiymatining atigi yigirma beshdan bir qismini tashkil qiladi.

5. Amazon.com

Oylik tashrif buyuruvchilar soni: 618 mln.

Amazon.com - dunyodagi eng yirik onlayn savdo platformalaridan biri.

Bu elektron tijorat giganti onlayn chakana savdo bozorining 38 foizini nazorat qiladi va kelajakda ularning soni o‘sishi kutilmoqda. Ommabopligini oshirish uchun kompaniya o‘zining “Amazon Prime” xizmatidan foydalanadi, bu foydalanuvchilarga nafaqat yuk tashishda chegirmalar, balki musiqa va videolardan ham foydalanish imkoniyatini beradi.

Mazkur sayt va tarmoqlarga tashrif buyuruvchilar soni qatʼiy statistika emas, u doim o‘zgarib turadi. Hozirda bu tarmoqlarga kiruvchilar soni yana ham ortgan.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50