Obuna bo`ling!
USD10650.06
EUR12497.85
RUB146.08
Farg‘onada barpo etiladigan Ekoshaharning dastlabki loyihasiga start berildi
Sep 13, 2021
62

Maʼlumki, joriy yilning 16-avgust sanasida Farg‘onada 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo‘ljallangan Ekoshahar hamda 24 ming ishchi o‘rni yaratiladigan kichik sanoat hududi barpo etilishi haqida viloyat hokimligi axborot xizmati tomonidan xabar berilgan edi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahri va tumani tutashgan joyda, Xalqaro aeroport yaqinidagi “Ilg‘or” MFY da barpo etilayotgan ushbu manzilda bo‘lib, bu yerda yana bir muhim loyiha, shahar o‘rtasidan oqib o‘tuvchi va yaqin kelajakda qariyb 10 gektar maydonni egallashi rejalashtirilgan istirohat bog‘ining o‘ziga xos ko‘rki va yashil maydonlarning ozuqa manbai bo‘luvchi yangi kanal qurish loyihasi bilan tanishdi.

Viloyat rahbari viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov va shahar hokimi Mirzohid Ubaydullaev hamrohligida Farg‘ona tumani Shodieva kanalidan suv oluvchi yangi suv tarmog‘ini qurish jarayonlari yuzasidan muhandislar, quruvchilar bilan suhbatlashdi. Bo‘lajak kanalning uzunligi 4,5 kilometr, eni 6 metr, chuqurligi esa joyning nishabligiga qarab 1,5-2 metr atroflarida bo‘lishi, sekundiga 3 kubometr suv o‘tkaza olishi maqsadga muvofiq deb belgilandi.

Viloyat hokimi qurilish ishlarida qatnashayotgan ishchi-xodimlarga barcha qulay shart-sharoitlar yaratilishi, ularning oziq-ovqat taʼminoti yaxshi bo‘lishi, oylik maoshlari o‘z vaqtida berib borilishi zarurligini alohida taʼkidladi.

Аyni paytda shahar hokimi va mutasaddilariga yangi barpo etilayotgan Ekoshaharda ham, Farg‘ona shahridagi ko‘p qavatli turar joy binolari orasida ham daraxtlarni ko‘paytirish chora-tadbirlarini ko‘rish topshirig‘i berildi.

Tadbir yakunida imom-xatib ishtirokida duolar qilinib, yurtga tinchlik-osoyishtalik, elga qut-baraka, amalga oshirilayotgan ishlarga rivoj tilandi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50