Obuna bo`ling!
USD10692.00
EUR12447.63
RUB150.46
Farg‘onada Transport boshqarmasi inspektoriga pora taklif qilgan fuqaroga jazo tayinlandi
Oct 11, 2021
62

Fuqarolar nega pora beradi? Qing‘ir ishi tezroq hal etilishi yoki qilgan aybini pul bilan yopish uchunmi? Mansabdor shaxs majbur qilgani uchunmi? Jinoyat kodeksining 211-moddasida pora bergan ham jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida aytilgan va bu borada fuqarolarning anchayin savodi oshgan.

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida istiqomat qiluvchi Lazizjon xorijdan qaytganidan so‘ng, haydovchilik bilan yaʼni taksichilik bilan shug‘ullanadi. Fuqarolarning og‘irini yengil qilishni, shu bilan birga o‘zining tirikchiligini o‘tkazishni o‘ylabdi-yu, ammo yo‘lovchi tashish uchun tegishli litsenziya olishni unutibdi.

2021-yilning 6-iyul sanasida Farg‘ona viloyati Transport boshqarmasi xodimlari Dang‘ara tumanida qo‘shma reyd tadbiri o‘tkazadilar. Shu vaqtda Neksiya rusumli avtomabil to‘xtatilganida xaydovchi hech qanday ruxsatnomasiz odam tashiyotganligi aniqlanadi.

Holat yuzasidan inspektorlar tomonidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga olib kirib qo‘yiladi. Xaydovchi Lazizbek esa hamma narsani kaliti pul deb biladi va 100 АQSh dollarini Transport boshqarmasi inspektorining qo‘liga tutqazadi.

Transport boshqarmasi xodimi esa haydovchi o‘ziga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmasdan tegishli chora ko‘rmaslik va avtotransport vositasini jarima maydonchasidan olib chiqib ketishlik evaziga 100 АQSh dollari miqdorida pora taklif qilayotganligini aytib, IIBga ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini bildiradi.

Shundan so‘ng pora taklif qilgan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi va xujjatlar sudga taqdim etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudida Lazizbekning ishi ko‘rib chiqildi. Sudda ayblanuvchi o‘ziga nisbatan eʼlon qilingan ayblovga to‘liq iqror va pushaymonligini bildirib, tegishli litsenziya olmagan holda tanishini nomiga rasmiylashtirilgan oq rangli “Neksiya-2” avtomashinasini ishonchnoma asosida boshqarib, noqonuniy tarzda kirokashlik bilan shug‘ullanib kelganligini tan oldi.

Аyblanuvchi va guvohlarning so‘zlarini birma-bir tingalagan sud raisi hukmni eʼlon qildi. Sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ko‘za kunda emas, kunida sinadi, degan maqol bejiz emas, odamlar orasida tanish bilishiga, puliga ishonib shunday noqonuniy hatti-harakatlarni beʼmalol sodir etish mumkin deganlar ham topiladi. Zero, jinoyatga jazo muqarrar.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50