Obuna bo`ling!
USD10650.06
EUR12497.85
RUB146.08
O‘zbekiston-Xitoy vaksinasining 2- va 3-dozalari bilan kechroq emlanishning zarari bormi?
Aug 11, 2021
126

Emlashning qisqa muddatli kechiktirilishi 1- yoki 2-dozadan keyin vaksina tufayli organizmda hosil bo‘ladigan antitanalar miqdoriga yoki boshqa ko‘rsatkichlarga taʼsir ko‘rsatmaydi.

Yurtimiz aholisining katta qismi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlangani munosabati bilan vaksina olganlar ro‘yxatini tartibga solish va jarayonni to‘g‘ri rejalashtirib olish maqsadida mazkur vaksinaning 2- va 3-dozalarini olishning kechiktirilishi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan boshlangan ommaviy emlash jarayoniga salbiy taʼsir qilmaydi. Bu haqida Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Emlashning qisqa muddatli kechiktirilishi 1- yoki 2-dozadan keyin vaksina tufayli organizmda hosil bo‘ladigan antitanalar miqdoriga yoki boshqa ko‘rsatkichlarga taʼsir ko‘rsatmaydi.

Ilmiy-tadqiqotlar hamda ko‘p sonli aholi o‘rtasidagi ommaviy emlashning dastlabki natijalariga ko‘ra Xitoy Xalq Respublikasi dori vositalarini nazorat qilish agentligi (CDC) tomonidan vaksinaning 1-dozasi va 2-dozasi o‘rtasidagi oraliqni 2 oygacha cho‘zishga, ikkinchi va uchinchi dozalar oralig‘ini esa 3 oygacha cho‘zishga ruxsat berilgan va Xitoyda bu amaliyot joriy qilingan. Hozirda Xitoyda mazkur ZF-UZ-VAC2001 vaksina bilan 0, 2, 6 oy sxemasida 140 million kishi emlangan va jarayon davom etmoqda.

ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi ustida borilgan tadqiqotlar ikkinchi va uchinchi dozalar oralig‘idagi vaqtning uzayishi ko‘proq antitanalarning hosil bo‘lishi va u ko‘proq muddat davomida saqlanib qolishiga zamin yaratishini tasdiqlamoqda. Bu to‘g‘ridagi maʼlumotlar quyidagi havoladagi ilmiy maqolada keltirilgan: www.biorxiv.org ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasini ishlab chiqaruvchilar tomonidan berilgan maʼlumotlarga ko‘ra, ikkinchi va uchinchi doza o‘rtasidagi vaqt intervalini oshirish koronavirusning turli shtammlariga nisbatan neytrallashuvchi titrlarining oshishiga olib keladi.

Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan zaxiradagi ZF-UZ-VAC-2001 o‘zbek-xitoy vaksinasini faqat 1-doza bilan emlashga ko‘rsatma berilishi tufayli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «vaksinaning aholi bilmaydigan qandaydir nojoiz taʼsiri chiqqani» to‘g‘risidagi taxminlar yoki «vaksina yetishmas ekan» degan mish-mishlar asossiz ekanini taʼkidlaymiz.

Аgar vaksinaning nojo‘ya taʼsiri aniqlanganida, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan aholi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1-dozasi bilan emlanishiga ruxsat berilmagan bo‘lar edi. Qolaversa, joriy yilning 5-6 avgust kunlari 2 mln.doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi yurtimizga olib kelindi va shu oyning ichida yana 2 mln doza olib kelinadi. Hukumat tomonidan O‘zbekistonda ikki turdagi vaksinani, jumladan, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda va avgust oyining oxiriga qadar bu ishlar yo‘lga qo‘yiladi.

Global pandemiya davrida barchani emlanishga va karantin qoidalariga hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi qarorlariga qatʼiy amal qilishga chorlaymiz!

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50