Obuna bo`ling!
USD10518.99
EUR12798.46
RUB139.72
Namanganda gaz "zapravka"da o‘lib qolgan fuqaroning vafotiga nima sabab bo‘ldi?
Jan 12, 2021
74

Shu yilning 10-yanvarga o‘tar kechasi Namangan shahrida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchalarining birida yoshi katta fuqaro vafot etgani haqida xabar qilingan edi.

Kosonsoy tumani Obodon mahallasida yashagan I.J. «Jiguli» mashinasiga metan gaz quyish uchun Namangan shahri Yuksalish mahallasidagi «Namangan suyuqgaz» kompaniyasi gaz quyish shoxobchasiga kelib, mashinasini surib harakatlantirib kelayotgan vaqtida to‘satdan asfalьt yo‘lakka chap yuz sohasi bilan yiqilib, urilishi oqibatida chap yuz sohasi va bosh miya chap sohasidan olgan tan jarohati natijasida hodisa joyida vafot etgan.

Dastlabki tibbiy maʼlumotnomada marhum I.J. tez yordam bo‘limi yetib kelgan vaqtda vafot etib bo‘lganligi, yuz sohasida shilinish jarohatlari borligi, tanasida tan jarohatlari yo‘qligi maʼlum qilingan.

Marhum I.J. 67 yoshda bo‘lgan, kasbi mexanik, to‘rt o‘g‘il va bir qizning otasi edi. Marhumning janozasi 10-yanvar kuni asr namozidan so‘ng o‘qilgan.

Marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga yaratgandan sabr tilaymiz. Shu bilan birga shuni aytmoqchimiz-ki, o‘zini asraganni xudo asraydi degan gaplar bor halqimizda. To‘g‘ri, xudo jonini olaman desa sababini ham o‘zi hozirlab qo‘yadi, lekin bandasining o‘zi sababchi bo‘ladi. Qishning sovuq kunlarida o‘ta muhim zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmay uyda o‘tirgan maʼqul deb hisoblaymiz, ayniqsa yoshi kattalar.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50