Obuna bo`ling!
USD10518.99
EUR12798.46
RUB139.72
Vatanni himoya qilish har bir mard yigitning sharafli burchi!
Jan 12, 2021
34

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona viloyat kengashi va uning tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan maktabgacha taʼlim muassasalarida, umumtaʼlim taʼlim maktablarida, kasb – hunar kollejlarida, oliy taʼlim muassasalarida hamda mahallalarda yoshlarni harbiy – vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sportning texnik va amaliy turlarini keng jalb etish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, shuningdek, aholi o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarini keng targ‘ib etish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

2021-yil 12-yanvar kuni “Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona viloyat kengashi binosida joylashgan O‘q otish maskani(TIR)da “14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” hamda “Harbiy vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan tizimdagi tashkilotlardagi sport to‘garaklari aʼzolari o‘rtasida “O‘q otish” sport turi bo‘yicha Viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqada 20 ta jamoadan 100 dan ortiq o‘g‘il – qizlar ishtirok etdilar.

Musobaqa sharti va natijalariga ko‘ra:

Qiz bolalar o‘rtasida:

Birinchi o‘rin – Melkulova Marina

Ikkinchi o‘rin – Melkulova Veronika

Uchinchi o‘rin – Musinjanova Nilima

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:

Birinchi o‘rin – Turg‘unov Olimjon

Ikkinchi o‘rin – Raimjonov Аzizbek

Uchinchi o‘rin – Mamirjonov Javoxir

Jamoalar o‘rtasida:

Birinchi o‘rin – Buvayda tuman o‘quv sport texnika klubi

Ikkinchi o‘rin – Farg‘ona shahar o‘quv sport texnika klubi

Uchinchi o‘rin – Farg‘ona tuman o‘quv sport texnika klubi qo‘lga kiritdi.

Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarga “Vatanparvar” tashkilotining esdalik sovg‘alari va diplomlari topshirildi.

Shuningdek, shu kuni Farg‘ona shahrida joylashgan “Islom Karimov izdoshlari” nomidagi maktabning 4-sinf o‘quvchilarining “Vatanparvar” tashkilotiga tashriflari uyushtirildi.

Tashrif davomida yoshlar ishtirokida yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga bag‘ishlangan ochiq dars tashkil etildi. Malakali o‘qituvchilar tomonidan piyodalarni yo‘lni kesib o‘tish, sfetafor ishoralariga rioya qilish, avtomobillar serqatnov joylarda harakatlanish tartibi kabi mavzularda ko‘rgazmali darslar o‘tkazildi.

Shuning bilan bir qatorda yoshlar tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sport to‘garaklariga yoshlarni keng jalb etish maqsadida “O‘q otish” sport to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50