Obuna bo`ling!
USD10518.99
EUR12798.46
RUB139.72
O‘zbekiston va Rossiyalik olimlar koronavirusni yo‘q qilish yo‘lini topishgani rostmi?
Jan 12, 2021
37

Rossiya va O‘zbekistonlik olimlar guruhi nurlanishning past dozalari (masalan, rentgen nurlari) koronavirusni yo‘q qilishi mumkinligini aniqladi. Mutaxassislar COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda va dezinfeksiya paytida nurlanishdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqmoqda.

Yangi koronavirusga radiasion ta’sirni o‘rganish Ural Federal universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tadqiqot 2020 yil aprel oyida professor Boris Oksengendler boshchiligidagi o‘zbekistonlik bir guruh olimlar tomonidan ilgari surilgan g‘oya bilan boshlangan.Hozirgi vaqtda birgalikdagi tadqiqotlar davomida yumshoq rentgen nurlari va hatto ultrabinafsha nurlanishining koronavirusga ta’sirining bir nechta tafsilotlari aniqlangan.

Mutaxassislar nurlanishni nafaqat odamni davolash va kasalliklarning oldini olish uchun, balki buyumlar, mahsulotlar hamda binolarni dezinfeksiya qilish uchun ham ishlatishni taklif qiladi. Ayni paytda Rossiya Federasiyasi va O‘zbekiston olimlarining qo‘shma guruhi davolash usulini ishlab chiqmoqda"-deb yozmoqda Qalampir.uz.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50