Obuna bo`ling!
USD10692.00
EUR12447.63
RUB150.46
Hashar uchun pul ushlab qolinishini “feyk” degan institut 150 mln. so‘mni qaytardi
Oct 13, 2021
55

Аndijon davlat tibbiyot instituti xodimlarining oyliklaridan 100-300 ming so‘mdan ushlab qolgan mansabdorlar intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Аvvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Аndijon davlat tibbiyot instituti xodimlari tomonidan shanbalik uchun oyliklaridan 100-300 ming so‘mdan ushlab qolishni so‘rab yozgan xatlari keng tanqidlarga sabab bo‘lgandi.

Institut Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirib, buni “feyk xabar” deb atadi.

“21 avgust kuni Аndijon davlat tibbiyot institutida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi, lekin institut xodimlarining birortasining ish haqidan olib qolingan emas. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu xabar asossiz bo‘lib, feyk xabar hisoblanadi. Institutda biror xodim majburiy mehnatga jalb etilmaydi va ularning roziligisiz biror tadbir uchun oylik maoshlaridan ushlab qolinmaydi”, - deyiladi institut rasmiy munosabatida.

Аdliya vazirligi matubot kotibi Sevara O‘rinboeva esa holat haqiqatan sodir bo‘lganini, buni tan olmagan institutdan xodimlarga 150 mln. so‘m qaytarilganini maʼlum qildi.

Maʼlum bo‘lishicha, Аndijon viloyat adliya boshqarmasi holatni joyiga chiqib o‘rgangan va rektorning 15-senyabrdagi buyrug‘i bilan xodimlarning oyliklaridan ixtiyoriy ravishda shanbalik uchun pul ushlab qolinganligi aniqlangan.

Taʼkidlanishicha, institut rektorining buyrug‘i bilan 743 nafar xodimlarning sentabr uchun oylik ish haqidan 100-300 ming so‘mdan jami 150 mln. so‘m mablag‘lar avgust oyida o‘tkazilgan hashar munosabati bilan ushlab qolingan bo‘lib, shundan 221 nafar xodimning ish haqidan ularning roziligisiz ushlab qolingan.

“O‘rganish natijasida 150 mln. so‘m pul mablag‘lari institut xodimlariga to‘liq qaytarildi hamda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan institutning mansabdor shaxslari intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortildi”, - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50