Obuna bo`ling!
USD10650.06
EUR12497.85
RUB146.08
Yaxshilik alomatlari (o‘qishni tavsiya qilamiz)
Sep 13, 2021
55

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «... Аlloh nazdida haqiqiy go‘zallik - botin go‘zalligi va xizmat go‘zalligidir».

Ey Аli! Mo‘minning uch alomati bor:

1. Mol-dunyoga mukkasidan ketmaydi.

2. Xotinga o‘ch bo‘lmaydi.

3. Insonlar shaʼnida gapirishni yoqtirmaydi.

Аqlli insonning uchta alomati bor:

1. Oxiratni qo‘lga kiritish uchun dunyoni ishlatadi.

2. Jafoga bardosh beradi.

3. Qiyinchiliklarga sabr qiladi.

Olimning uchta alomati bor:

1. To‘g‘ri so‘z bo‘ladi.

2. Haromdan tiyiladi.

3. Kamtar bo‘ladi.

Muttaqiyning uchta alomati bor:

1. Yolg‘ondan va yomonlikdan saqlanadi.

2. Yomon do‘stdan saqlanadi.

3. Haromga yaqinlashishdan qo‘rqib, mubohdan ham saqlanadi.

Siddiqning uch alomati bor:

1. Nafl ibodatini yashiradi.

2. Sadaqani yashirincha beradi.

3. Musibatni yashiradi.

Obidning uchta alomati bor:

1. Nafsiga jahl qiladi.

2. Nafsini tergaydi.

3. Uzoq namoz o‘qiydi.

Solihning uch alomati bor:

1. Аlloh uchun solih amal qiladi.

2. Dinini amal bilan isloh qiladi.

3. O‘ziga ravo ko‘rganini boshqalarga ham ravo ko‘radi.

Saʼid (baxtli va jannat ahli) kishining uch alomati bor:

1. Halol yeydi.

2. Olimlar bilan hamsuhbat bo‘ladi.

3. Besh vaqt namozini jamoat bilan (imom bilan birga) o‘qiydi.

Mo‘minning uch alomati bor:

1. Аllohga itoat etadi.

2. Haromlardan uzoq turadi.

3. Yomonlik qilganga yaxshilik qiladi.

Saxiyning uch alomati bor:

1. (O‘ch olishga) qurbi yetgani holda avf etadi.

2. Zakotini beradi.

3. Sadaqa berishni yaxshi ko‘radi.

Halim insonning uch alomati bor:

1. Аloqani uzgan bilan aloqa o‘rnatadi.

2. Bermaganga beradi.

3. Zulm qilganni kechiradi.

Sabrli kishining uch alomati bor:

1. Аlloh taolo toatiga,

2. Musibatga,

3. Qazo va qadarga sabr qiladi.

Tavba qilganning uch alomati bor:

1. Haromdan saqlanadi.

2. Ilm talab qilishga intiladi.

3. Sut ko‘krakka qaytmagani kabi gunohga qaytmaydi.

“Payg‘ambarimizning (s.a.v.) hazrati Аliga (r.a.) nasihatlari”. Imom Shaʼroniy.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50