Obuna bo`ling!
USD10371.76
EUR12153.63
RUB133.19
“Er yigitning er yigitga aytgan gapi taʼsirli bo‘ladi”. Farg‘onalik bir guruh yoshlar harbiy qismda...
Oct 15, 2020
43

Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bilimi va dunyoqarashini kengaytirish, ona Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini oshirishda amaliy saʼy-harakatlar muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat Kengashi, Farg‘ona shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi hamkorligida havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismda profilaktik ro‘yxatga turuvchi voyaga yetmagan 20 nafar yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi.

“Er yigitning er yigitga aytgan gapi taʼsirli bo‘ladi” shiori ostida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmagan yoshlarning harbiy qismga tashrifi davomida ularga harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv moddiy bazasi, jangovar texnika va qurollar namoyish etildi. Shuningdek, ular bilan madaniy hordiq va sport o‘yinlari tashkil etildi.

-Milliy armiyamizda yigitlik burchini o‘tayotgan jismonan baquvvat va maʼnan yetuk akalarimiz bilan suhbatlashishib, har birimiz uchun eng muqaddas burch – Vatan himoyasi ekanligini anglab yetdik, -deydi Farhodjon Jo‘raev. - Tadbir yakunida harbiy qismga tashrifimiz yuzasidan “Harbiy qismdan olgan taassurotlarim” mavzusida bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida kelajakda albatta harbiy xizmatchi bo‘lish haqidagi orzuimni g‘urur bilan taʼkidladim.

Muallif M.Qodirov

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50