Obuna bo`ling!
USD10517.12
EUR12661.56
RUB141.85
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash doimiy vazifalarimizdan biri
Feb 14, 2021
80

“Vatanparvar” tashkiloti Quva tuman o‘quv-sport texnika klubida Quva tuman hokimligi, tuman IIB, tuman prokuraturasi, tegishli harbiy qism, Quva tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, Mudofaa ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda IIOda profilaktik hisobda turgan yoshlar hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida sportning texnik va amaliy turlaridan “Havo miltig‘idan o‘q otish”, arqon tortish hamda tosh ko‘tarish sport turlari bo‘yicha musobaqalari o‘tkazildi.

“Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona viloyat kengashining maʼlum qilishicha, o‘tkazilgan musobaqalarda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda 80 dan ortiq yoshlar ishtirok etdilar. Musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarga “Vatanparvar” tashkiloti Quva tuman o‘quv sport texnika klubi va tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50