Obuna bo`ling!
USD10650.06
EUR12497.85
RUB146.08
Yangi tartib bo‘yicha taʼlim krediti kimlarga va qay tartibda beriladi?
Sep 8, 2021
52

Navbatdagi yangi o‘quv yili ham boshlandi.

Аyni paytda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan ayrim talabalarni “Taʼlim krediti kimlarga beriladi, men ham ushbu imkoniyatdan foydalansam bo‘larmikan, bir oilaning 2-3 farzandi shartnoma asosida o‘qisa, barchasiga kredit berilarmikan” kabi savollar o‘ylantirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi "Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida talabalarning taʼlim kreditini olish tartibi, asoslari va shartlari belgilangan.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy taʼlim tashkilotlari - davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari, mamlakatimizdagi xorijiy oliygohlar va ularning filiallarida va qo‘shma taʼlim dasturlari bo‘yicha bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar ajratish va ularni qaytarish tartibi joriy etilgan.

Taʼlim krediti tijorat banklari tomonidan ham amalga oshiriladi. Bu imkoniyat O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalar uchun bo‘lib, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

Taʼlim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Bunda, taʼlim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to‘lash oliy taʼlim tashkilotiga mablag‘lar o‘tkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa kredit oluvchi tomonidan oliy taʼlim tashkilotida taʼlimning ushbu turi bo‘yicha o‘qishning rasmiy belgilangan muddati tugallanganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab amalga oshiriladi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50