Obuna bo`ling!
USD10542.66
EUR12826.20
RUB142.58
“YOSHLАR DАFTАRI” nima, u haqida nimalarni bilamiz?
Apr 19, 2021
71

Prezidentning mazkur topshirig‘i ijrosi yuzasidan yurtimizda “YOSHLАR DАFTАRI” tashkil etilgan. Ho‘sh, “YOSHLАR DАFTАRI” nima o‘zi?

Bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimini amalga oshirib kelmoqda. Shunday chora-tadbirlardan biri bu ishsiz yoshlar uchun ishlab chiqilgan "Yoshlar daftari"dir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2020-yil 20-avgust kuni mutlaqo yangi tizim, tartib va yondashuvlar asosida iqtisodiy faollikni oshirish hamda har bir tuman va shaharga qo‘shimcha zaxira yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Yig‘ilishda ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlash masalasiga alohida ahamiyat qaratilib, Bosh vazir o‘rinbosariga ularni talab yuqori bo‘lgan kasblar va tadbirkorlikka o‘qitish, shu asosda biznesini yo‘lga qo‘yishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibini joriy etish vazifasi yuklatilgan. Bu ishlarni tizimli amalga oshirish maqsadida, mamlakatimizda joriy etilgan “temir daftar”lar singari, ishsiz yoshlar bo‘yicha alohida (“Yoshlar daftari”), ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida (“Аyollar daftari”) ro‘yxatlar shakllantirib, har biri bilan yangi tizim, yangicha tartibda manzilli ishlash muhimligi alohida taʼkidlangan edi.

Prezidentning mazkur topshirig‘i ijrosi yuzasidan yurtimizda “YOSHLАR DАFTАRI” tashkil etilgan. Ho‘sh, “YOSHLАR DАFTАRI” nima o‘zi?

1. “YOSHLАR DАFTАRI” – bu har bir sektor hududi kesimida istiqomat qilayotgan, 18 yoshga to‘lgan 30 yoshdan oshmagan ishsiz yoshlarning manzilli ro‘yxati qayd etiladigan elektron dastur.

2. “YOSHLАR DАFTАRI”ni sektor kotibi va Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i yuritadi.

3. “YOSHLАR DАFTАRI”ga yoshi, jinsi, kasbga layoqati bo‘yicha: bitiruvchi yoshlar, hozirda ishsiz bo‘lgan yoshlar, ishga muhtoj nogiron yoshlar, xorijdan qaytgan yoshlar, JIEM ozod etilgan yoshlar, harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar kiritiladi.

4. “YOSHLАR DАFTАRI”ga kiritiladigan oilalarni sektor rahbari tomonidan ishchi guruhi bilan birgalikda mahallalar kesimida ishsiz yoshlar xatlovdan o‘tkaziladi va “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olinadi. Bunda, taʼlim muassasalari o‘z bitiruvchilarini, Mahalla va Yoshlar agentligi ishsiz yoshlarni, IIB xorijdan qaytgan va JIEM ozod etilgan yoshlarni aniqlashga ko‘maklashadi.

5. Xatlov natijasida sektorlar kesimida shakllantirilgan ro‘yxatlar sektorlar kotibi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan maxsus dasturga (“YOSHLАR DАFTАRI”ga) kiritiladi.

“Yoshlar daftari”ga yoshi, jinsi, kasbga layoqati bo‘yicha quyidagi mezonlar asosida kiritiladi:

a) umumiy o‘rta taʼlim hamda oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilari;

b) rasman ish bilan band bo‘lmagan, ishsiz yoshlar;

v) imkoniyati cheklangan, biroq mehnatga layoqatli ishsiz yoshlar;

g) koronovirus pandemiyasi sababli qo‘llanilgan karantin choralari natijasida o‘zining ish o‘rni va daromad manbaini yo‘qotgan fuqarolar, jumladan chetdan qaytgan yosh mehnat muhojirlari;

d) jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan, ishsiz yoshlar;

ye) muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan, biroq ish bilan band bo‘lmagan yoshlar;

yo) oilaning o‘zgalar qaramog‘iga muhtoj keksalarga g‘amxo‘rlik qilayotgan yoshlar;

j) oilaning haqiqatda ehtiyojmand, nochor va moddiy ko‘makka muhtojligi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50