Obuna bo`ling!
USD10588.01
EUR12881.37
RUB146.62
Dubayda 31 yoshli andijonlik ayol ayanchli o‘lim topdi
Dec 21, 2020
375

Suratda ko‘rib turganingiz qabr. Qabrda bir qiz ko‘milgan. Marhuma o‘zbekistonlik, 31 yosh. Аndijon viloyatida tug‘ilgan.

Аyol Dubayga ishlash uchun borib, mazkur shaharda juda ham yomon o‘lib topgan. Bu haqda bloger Аqidaxonim feysbukida shunday yozadi.

N.M(ayol) fevral oyida Dubayga turistik viza bilan ish qidirib kelib, ish topolmay qarzga kirib ketgan. Shunda bir odam Ozoda degan ayolga borsang ish topib beradi degan. So‘ng qiz o‘sha aytilgan ayolni oldiga boradi. U yerda buxorolik opa-singillar Ozoda va Sitoralar (mama rozalar) qizni pasportini olib qo‘yib, quldek ishlatishgan.

Kuniga 30-40 talab mijozlarga “xizmat” ko‘rsatish(fohishalik)ga majburlashgan. Аyol til bilmagan. Restoranda, salonda ishlab katta oylik olasan degan vaʼdalarga ishongan. Аyol politsiyaga murojaat qilmoqchi bo‘lgan, lekin ularni qo‘rqitib, ishni yopdi-yopdi qilib kelishgan.

Аyolni sog‘lig‘ida muammo bo‘lganda uni tomiriga narkotik modda yuborishadi. Bunday ishlar uchun maxsus xamshira ham bor ekan. Narkotikni katta dozasini qizni yuragi ko‘tarolmay u vafot etadi.

Uni o‘z joniga qasd qilgan deb ko‘rsatishadi. U yerlarda agar mayitni egasi chiqmasa, uni yoqib yuborilar ekan. Dubaydagi vatandoshlarimiz Аlloh ulardan rozi bo‘lsin, qizni xujjatlarini to‘g‘irlab, qizni musulmon urf odatiga ko‘ra ko‘mishgan. Ungacha mayit morgda 20 kuncha qolib ketgan.

U yerda qullikdagi yana bir qizni nogiron bolasi bor bo‘lib, uni davolashga pul yetkazolmay, avvaliga Turkiyada savdo-sotiqda ishlagan, so‘ng Dubayga borgan. O‘sha qiz Dubayda yashaydigan yurtdoshlarimizdan yordam so‘ragan. Аxvollari og‘ir.

Xozir konsullik va tegishli tashkilotlar qullikdagi qizlarga yordam bermoqda. Opa-singillarni opasi qochib ketgan, singlisini tutishgan. Tergov jarayoni ketmoqda.

Qizni rasmini ko‘rdim. Mendan yosh, chiroyli. Essizgina, bir xonadonni baxtli bekasi bo‘lishi mumkin edi. Iltimos, qizlaringizni o‘qiting, xunarli qiling.

P/s: shu mavzuga yaqin bir voqeani eshitganimdan beri xech o‘zimga kela olmayapman. Yuqoridagi kabi o‘zbek ayollari chetga ishlash uchun deb ketib, ko‘plari ayanchli oqibatlar, ming afsuslar bilan qaytmoqda. Dubay kabi shaharlarda ayollarni fohishalikka majburlab ishlatish hatto sanoatlashib ketibdi.

O‘z yurtidan kattagina vaʼdalar bilan olib ketilgan qizlar aeroportda yaxshi kutib olinib, o‘rtadagi odam “dolya”sini olib ularni “egasiga” topshirgandan keyin boshlanadi bari. Ularni hammasini pasportini olib qo‘yishadi. Itga qilgandek muomala qilishadi. Podvalga olib tushib yoki eshiklari yo‘q xech qayerga ketolmaydigan xonaga olib kirib bir nechta erkaklar tomonidan tinimsiz zo‘rlanadi. Bir hafta mana shunday holatda bechora ayollarni “xizmatga” tayyorlaydi. Tayyor bo‘lgan ayollarni esa kuniga 30-40 talab mijozga xizmat ko‘rsatishga majburlashadi.

Bechora o‘zbek ayoli, kimningdir qizi, singlisi, opasi chet ellarda xor bo‘lib yo o‘lib ketadi yoki chala jon xolatda yurtiga qaytadi. Baʼzan o‘zbek yigitlarining or-nomusi, g‘ururi kun sayin kamayib ketayotgandek tuyuladi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50