Obuna bo`ling!
USD10414.86
EUR12344.73
RUB136.69
Qo‘qonda shakar zavodi bo‘lganligini bilasizmi?
Oct 23, 2020
76

Ikkinchi jahon urushida dushman hamlasi ostida qolgan sobiq Ittifoq hududidagi bir qator yirik ishlab chiqarish korxonalari front ortiga ko‘chirib ketilgan. 1942-yilda Ukrainadan Qo‘qonga ko‘chirib kelingan “Kupyansk” shakar zavodi ana shunday korxonalardan biri bo‘lgan.

O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibi Usmon Yusupov (markazda) Qo‘qonda qurilayotgan shakar zavodining Bosh muhandisi Аndrey Kojushko bilan suhbatlashmoqda. O‘ng tomonda birinchi - zavod direktori Аbram Umanov

1943-yildan Аbram Umanovning o‘rniga Qo‘qon shakar zavodi direktori lavozimiga tayinlangan Аndrey Kojushkoning rafiqasi Yelena Kojushkoning xotiralariga asosan zavodning qurilishi juda og‘ir kechgan. Аsosan Ukrainadan kelgan quruvchi va montajchilar bilan bir qatorda Qo‘qonliklar ham, yozda 40 darajali jazirama oftobda, qishda qor-yomg‘irga, oziq-ovqat tanqisligi, ocharchilikka qaramay, juda katta shijoat bilan ishlagan. 3-Paxta tozalash zavodi hududida kamida 2-3 yilda quriladigan zavod 9 oyda qurib bitkazilgan. Dahshatli urush vaqtida frontdagilar va xalqni shakar bilan taʼminlashni boshlagan.

Zavodning qurilishi. Zavod bilan birga elektro-stantsiya ham barpo etilgan.

1943-yilda asosiy binolar bitkazilgach, tomlar yopilmasidan zavod o‘z ishini boshlagan va 1943-yilda 450 000 senterga yaqin shakar yetkazib bergan.

Qo‘qon shakar zavodi direktori Аndrey Kojushkoning oilasi

Zavod 1951-yilga qadar faoliyat ko‘rsatgan, shundan so‘ng O‘zbekiston iqtisodi paxtani qayta ishlashga ixtisoslashtirila boshlagani tufayli zavod yana Ukrainaga ko‘chirib olib ketilgan.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50