Obuna bo`ling!
USD10692.00
EUR12447.63
RUB150.46
Farg‘onada eng bilimdon energetiklar taqdirlandi
Sep 24, 2021
77

“Farg‘ona HETK” АJ tomonidan o‘tkazilgan ko‘rik tanlovda barcha shahar, tuman elektr taʼminoti korxonalardan navbatchi dispetcher, bo‘lim ustasi, elektromontyor hamda xaydovchi-elektromontyorlardan tashkil topgan xodimlar ishtirok etdi.

Bunday tadbirdan asosiy maqsad, xodimlarni ish jarayonlarida baxtsiz xodisalar va jaroxatlanishlarni oldini olish, bilim va malakalarini oshirish hamda o‘zini-o‘zi asrash ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Test sinovlari shaklida tashkil etilgan tanlovda “Xavfsizlik texnikasi”, “Texnik ekspluatatsiya qilish”, “Yong‘in xavfsizligi” qoidalari bo‘yicha bilimlari baholandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra,

– “Eng yaxshi navbatchi–dispetcher” yo‘nalishi bo‘yicha - Farg‘ona ShETK xodimi navbatchi–dispetcher Matqosimov Sherzod;

– “Eng yaxshi Tezkor taʼmirlash bo‘lim ustasi” yo‘nalishi bo‘yicha - Bog‘dod TETK xodimi bo‘lim ustasi Siddiqov Аbduxalim;

– “Eng yaxshi Tezkor chiqish bo‘lim elektromontyori” yo‘nalishi bo‘yicha - Farg‘ona ShETK xodimi bo‘lim ustasi Shermatov Sherzod;

– “Eng yaxshi Tezkor chiqish bo‘lim haydovchi–elektromontyor” yo‘nalishi bo‘yicha - Farg‘ona ShETK xodimi bo‘lim ustasi Аbdurasulov Baxtiyor;

– “Eng yaxshi Tezkor taʼmirlash bo‘lim elektromontyori” yo‘nalishi bo‘yicha - Qirguli ETK xodimi bo‘lim ustasi Mo‘minov Farxodlar eng yuqori natija ko‘rsatib, yuqoridagi yo‘lanishlar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kitirishdi.

G‘oliblar jamiyat rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“Farg‘ona HETK” АJ matbuot xizmati

 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50