Obuna bo`ling!
USD10692.00
EUR12447.63
RUB150.46
Farg‘onada bu yil 6500 tonna anor eksport qilish rejalashtirilgan
Sep 26, 2021
72

Farg‘ona viloyatida deyarli yil bo‘yi meva va sabzavotlar eksporti to‘xtamaydi. Kuzning ilk haftalarida eksport qilinayotgan mevalar qatoriga anor ham qo‘shiladi.

Farg‘ona viloyatining Quva tumani anor yetishtirishda yetakchi hisoblanadi. Bundan tashqari, Quvasoy shahri, Bog‘dod, Toshloq, Qo‘shtepa, Rishton va O‘zbekiston tumanlarida ham anorchilik yaxshi rivojlanmoqda.

Viloyatda jami anor bog‘lari 2018-yilda 861 gektarni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021-yilga kelib 30 foizga ko‘payib 1120 gektarga ortganini ko‘rishimiz mumkin.

Аnorga nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham talab kattaligini inobatga olgan holda anor pishib yetilishi bilan uning eksporti boshlab yuboriladi. Raqamlarga eʼtibor beradigan bo‘lsak, 2020-yil davomida qiymati 7,9 million dollarlik 5641 tonna anorlar jami 12 ta davlatlarga eksport qilingan.

2021-yilning o‘tgan davri mobaynida qiymati 703 ming dollarlik jami 877 tonna anor eksporti amalga oshirildi. Аnorlar asosan Rossiya, Qirg‘iziston, Ukraina, Qozog‘iston, Birlashgan Аrab Аmirliklari va Belarusiyaga eksport qilinmoqda. Bu yil viloyat tadbirkorlari tomonidan qiymati 8,7 million dollarlik 6500 tonna anor eksport qilish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50