Obuna bo`ling!
USD10173.38
EUR11411.48
RUB145.97
40 mln. so‘m «otkat» yoki Namanganda o‘xshamagan «operatsiya»
Jun 25, 2020
54

Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi iqtisodchisi Sh.Yu. 40 mln. so‘m «otkat» olayotganda qo‘lga tushdi.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumotlariga tayanib «Xabar.uz» xabar qildi.

Unga ko‘ra, Sh.Yu. qo‘shnisi orqali «N.F.M.» MChJ hisob-raqamiga (himoya kombinezoni uchun) 175 mln. so‘m o‘tkazib berish hamda shartnomaga nisbatan 900 dona himoya kombinezonini kam topshirish evaziga 40 mln. so‘mni «otkat» so‘ragan. Va pullarni olayotgan paytda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Shuningdek, olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda markazning ombor mudiri M.A. va Sh.Yu.lar tomonidan 39,8 mln so‘mlik kamomadga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50