Obuna bo`ling!
USD10692.00
EUR12447.63
RUB150.46
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasiga nima sababdan minalar o‘rnatilgan edi?
Sep 25, 2021
128

Kuni kecha O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida Tojikiston bilan munosabatlar va chegara masalasiga to‘xtaldi.

«Tojikiston bilan chegaralar masalasida 3 soat o‘tirib, 20 yilda hal bo‘lmagan masalalarning 99,9 foizini birdaniga hal qildik. Nimaga? Men bilaman, bu ikki xalq bir-birovi bilan bordi-keldi qilishi kerak. Mina bo‘lishi kerak emas. Qo‘shnimiz», - deya taʼkidladi Mirziyoev.

Dastavval, “ikki tilda gaplashadigan bir xalq” deb eʼtirof etiladigan o‘zbek va tojik davlatlari chegarasi nega minalashtirilgan edi, degan haqli savol tug‘iladi.

Xabar qilinganidek, bundan maqsad – mamlakatimiz hududiga terrorchilar suqulib kirishidan himoya qilish va noqonuniy narkotik moddalar yo‘lini to‘sish edi.

Biroq, o‘tgan yillar mobaynida tinch aholi bir necha bor minalar bilan portlagan. Tojikiston Milliy minalar markazi maʼlumotlariga ko‘ra, 20 yil mobaynida mamlakat ichkarisida ham, O‘zbekiston chegarasida ham piyodalarga qarshi minalar portlashi natijasida 374 kishi halok bo‘lgan, 485 kishi jarohatlangan. To‘g‘ridan -to‘g‘ri chegarada qancha odam halok bo‘lgani aniqlanmagan.

Ikki xalq shunday sharoitda 20 yil yashashga majbur bo‘ldi. Va bu ularni tamomila bir-biridan uzoqlashtirishga sabab bo‘lgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018-yil Tojikistonga tashrifi chog‘ida hududlarni minalardan tozalash masalalarini qamrab oluvchi bir qancha hujjat imzolangan edi. O‘sha yilning may oyida esa o‘zbek-tojik chegarasidagi minalar olib tashlash jarayonlari boshlangan.

Bu kelgusida Markaziy Osiyo integratsiyasi, yaxshi qo‘shnichilik o‘zaro ishonch va hamkorlik asosida qurilishini anglatadi. Va eng asosiysi, inson qadrini birinchi o‘ringa qo‘yish har doim ustuvor bo‘lmog‘i lozim.

Bekzod Narimanov,

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50