Obuna bo`ling!
USD10173.38
EUR11411.48
RUB145.97
Farg‘onada haydovchini quvlab, YTHga sababchi bo‘lgan YPX xodimi lavozimidan ozod qilindi
Jun 25, 2020
76

Joriy yilning 15 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “YPX xodimlaridan qochayotgan haydovchi ayanchli avariyaga uchradi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqalgan edi.

Video lavha yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB Аxborot xizmati.

Farg‘ona viloyati IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilganda, joriy yilning 14 iyun kuni soat 19:00 da, Farg‘ona viloyati IIB YHXB YPXB YPX birinchi otryadi ikkinchi safarbar guruhi YPX inspektori А.Madaminov xizmat vaqtida, xizmat kiyimida, hushyor holda, belgilangan dislokatsiyaga ko‘ra Farg‘ona shahar, Sovurbuloq mahallasi, Sanoat ko‘chasida xizmat olib borayotib, “Kobalt” rusumli transport vositasiga “jezl” va xushtak yordamida to‘xtash ishorasini berganligi, haydovchi unga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirganligi maʼlum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, YPX inspektori А.Madaminov xizmatda foydalanish uchun o‘ziga biriktirilgan “Lasetti” rusumli 40 138 VSF davlat raqam belgili transport vositasida uning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan harakatlanib ketgan “Kobalt” rusumli avtomobil ortidan Farg‘ona shahar, Sanoat ko‘chasi bo‘ylab kuzatib borganligi aniqlandi.

“Kobalt” rusumli transport vositasi haydovchisi Farg‘ona shahar, Sanoat ko‘chasida joylashgan “Fayz” nomli oshxona yoniga yetib borgan vaqtda, boshqaruvni yo‘qotganligi, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, beton ustunga urilib yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib ketgan.

Ushbu holatni ko‘rgan YPX inspektori А.Madaminov zudlik bilan “Kobalt” rusumli transport vositasi haydovchisi, 1988 yilda tug‘ilgan N.T. va yo‘lovchisi 1984 y.t. X.E.larni shifoxonaga olib borganligi va ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilganligi maʼlum bo‘ldi.

Аmaldagi yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan haydovchi N.T. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli transport vositasini to‘xtatish choralarini ko‘rgan bo‘lsada, YPX xodimining kuzatib borishi natijasida mazkur transport vositasida bo‘lgan fuqarolar N.T. va X.E.lar yo‘l-transport hodisasiga uchrab, turli xil ko‘rinishdagi tan jarohati olishgan.

Bunga sababchi bo‘lganligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 8-bobi 48-bandida belgilangan talablarni buzganligi uchun Farg‘ona viloyati IIB YHXB YPX bataloni YPX birinchi otryadi ikkinchi safarbar guruhi YPX inspektori А.Madaminov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50