Obuna bo`ling!
USD10650.06
EUR12497.85
RUB146.08
Farg‘onada 40 nafardan ortiq energetiklar yuksak mukofot bilan taqdirlandi
Aug 31, 2021
92

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan ko‘plab yurtdoshlarimiz ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandi.

Ular orasida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”da mehnat qilib kelayotgan mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy etishiga o‘z hissasini qo‘shayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan 40 nafardan ortiq enyergetiklarimiz mehnati ham yuksak mukofot bilan e’tirof etildi.

Farg‘ona shahridagi “Aziya Fergana” tantanalar saroyida mukofot sohiblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ahmedov so‘zga chiqib bugungi kunda nafaqat viloyatimizda balki, butun respublikamizda Energetika sohasida mehnat qilayotgan ishchi – hodimlarni o‘rni xaqida iliq fikrlar bildirdi.

Shundan so‘ng mukofot sohiblariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Jamiyat bosh direktori Azizbek Saydaliev ham bunday yuksak mukofot bilan taqdirlangan ishchi – xodimlarni qutlar ekan ularga uzoq umr va kelgusi samarali ish faoliyatlariga zafarlar tiladi.

Tadbir ishtirokchilariga bayramona dasturxon yozilib, yana bir bor hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.

O‘z o‘rnida, xamkasblarimizning bu kabi yuksak marralarga erishishi, barcha jamoamizni ko‘ksida olov bo‘lib, ularning yutuqlaridan baralla “Bu mening hamkasbim, ular bilan bir safda xalq xizmatidamiz” deya faxrlanamiz.

Barcha taqdirlangan jamoadoshlarimizga yana bir bor mukofotlar muborak bo‘lsin!

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50