Obuna bo`ling!
USD10542.66
EUR12826.20
RUB142.58
Yoshlarga haydovchilik kurslarida o‘qish uchun imtiyozli sertifikatlar topshirish davom etmoqda
Apr 30, 2021
55

Bugun, 30-aprel kuni “Vatanparvar” tashkiloti maqsad va vazifalari yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, yoshlarni sport to‘garaklariga keng jalb etish maqsadida Marg‘ilon shahar o‘quv sport texnika klubida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona viloyat kengashi raisi rahbariyati, Marg‘ilon shahar hokimigi, Yoshlar ishlari agentligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, umumtaʼlim maktablari, kasb maktablari o‘quvchilari, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, uyushmagan yoshlar, tashkilot faxriylari, “Yoshlar daftari” ga kiritilgan fuqarolar, Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi tashkilotlar bosh mutaxassislari va OАV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni “Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona viloyat kengashi raisi M.Mirzaev ochib berdi hamda bugungi kunda yoshlarni haydovchilik kasbiga o‘qitish, ularni sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Tadbirda Marg‘ilon shahar hokimi А.To‘xtasinov so‘z olib, bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarni taʼlim olishlari, sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab – quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng “Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona viloyat kengashi raisi va Marg‘ilon shahar hokimi ishtirokida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va haydovchilik kasbida o‘qish istagini bildirgan 25 nafar yoshlarga “Vatanparvar” tashkiloti Marg‘ilon shahar o‘quv sport texnika klubida “VS” toifali haydovchilik o‘quv guruhida imtiyozli ravishda taʼlim olish uchun sertifikatlar topshirildi.

Tadbir davomida yoshlarga o‘quv avtomobillari, sport texnikalari va inventarlari (baggi, mototsikl, karting, velosiped, havo qurollari, modellar ko‘rgazmasi, sport parashyutlari) ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida Yo‘l transport xodisalarini oldini olish bo‘yicha amaliy dars mashg‘ulotlari va Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha viktorinalar o‘tkazildi. Faol yoshlar tashkilot tomonidan taqdirlandi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50