Obuna bo`ling!
USD9526.28
EUR10329.35
RUB148.82
5 ta muhim tashabbus – amalda
Feb 11, 2020
46

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari hamda kitob o’qishga qiziqishni yanada oshirish bo’yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida joylarga juda ko’plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda.

5 ta muhim tashabbus hamda Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag’ishlab  O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg’ona viloyati boshqarmasi va viloyat qo’riqlash boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan tadbir ham shular jumlasidandir.

Farg’ona viloyati axborot-kutubxona markazida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg’ona viloyat boshqarmasi va Farg’ona viloyat qo’riqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan birga shahardagi huquqshunoslik kolleji talabalari hamda bolalar musiqa va san’at maktabi o’quvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentimiz tomonidan amaliyotga joriy etilgan beshta tashabbusning mazmun-mohiyati, kitobxonlik madaniyati, Alisher Navoiy hayoti va ijodi xususida so’z yuritildi. Yosh san’at ustalari esa  Navoiy g’azallari asosida qo’shiqlar ijro etishdi.

Tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik g’oyalarini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

A.ABDURAHIMOV,

mayor

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50