Obuna bo`ling!
USD9554.22
EUR10637.67
RUB121.10
5 ta o’g’irlik jinoyatining oldi olindi
Mar 18, 2020
44

Qo’riqlash xizmati xodimlari el-yurt mulkini muhofaza qilishdek sharafli va o’ta mas’uliyatli vazifani bajarish bilan birga Yurtboshimiz fikrlaridan kelib chiqib, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ham faollik ko’rsatishmoqda.

Keyingi yillarda aholi, xususan, tadbirkorlar orasida qo’riqlash xizmatiga o’z xonadonlari, tadbirkorlik yo’nalishidagi ob’ektlarini ishonib topshirayotganlar soni ko’payib bormoqda.

Masalan, Farg’ona viloyati Qo’riqlash boshqarmasi 2-alohida batalьoni ayni paytda 372 tadan ortiq xalq xo’jaligi ob’ektlari, savdo do’konlari, dorixonalar, tadbirkorlarga tegishli bino-inshootlar hamda 67 tadan ortiq fuqaro xonadonlarini ishonchli muhofa qiladi. 2020-yilning dastlabki choragida ham 15 ob’ekt yangidan qo’riqlovga olindi.

Bu raqamlar esa tadbirkorlik sub’ektlarining mazkur xizmat xodimlariga bo’lgan ishonchi oshib borayotganidan dalolat beradi.

Soha xodimlari tomonidan muhofazaga olingan barcha ob’ektlar mukammal nazorat qilinmoqda. Qolaversa, ular ishonchli va qulay  qo’riqlash uskunalari, yong’indan ogohlantiruvchi signalizatsiya qurilmalari, zamonaviy aloqa va transport vositalari bilan ta’minlangan. Shu bois joriy yilning o’tgan davrida muhofazadagi ob’ektlarda 5 ta o’g’irlik jinoyatining oldi o’z vaqtida olindi, birorta o’g’irlik jinoyati sodir etilishiga yo’l qo’yilmadi.

Shu nuqtai nazardan, qo’riqlash xizmati tadbirkorlarning ishonchli himoyachisiga aylanyapti, deb bemalol aytish mumkin.

A.USMONOV,

mayor.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50