Obuna bo`ling!
USD10173.38
EUR11411.48
RUB145.97
Xorazmlik yigit qizning intim rasmlarini tarqatmaslik uchun 16 million talab qildi
Jun 25, 2020
70

Yigitlik g‘ururini unutib, ayollarga nisbatan tovlamachilik qilgan ushbu shaxsga nisbatan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Аxborot xizmatining maʼlum qilishicha, Urganch tumanida yashovchi M.А. ismli ayol 2020 yil 24 iyun kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘zining arizasida, Urganch tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.R.(yigit) uning 1998 yilda tug‘ilgan qizining intim rasmlarini qo‘lga kiritgani, ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborishini aytib tahdid qilgan. Shu paytgacha undan 9 600 000 so‘m miqdorida pul va qimmatbaho uyali telefonini olgan. Bu ham kamlik qilib, yana 15 860 000 so‘m miqdoridagi pulni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilayotganligini maʼlum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur murojaatni o‘rganish uchun Xorazm viloyati IIB JQB Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Sh.R.(yigit) talab qilingan summadagi pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Yigitlik g‘ururini unutib, ayollarga nisbatan tovlamachilik qilgan ushbu shaxsga nisbatan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50