Obuna bo`ling!
USD10650.06
EUR12497.85
RUB146.08
Bojxona va DXX xodimlari Farg‘onada 516 ming dollarni noqonuniy olib chiqishga uringan shaxsni qo‘lga oldi
Oct 7, 2019
654

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

3-oktabr kuni Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida M.N. ismli fuqaro boshqaruvidagi Lada XRay rusumli avtoulov qo‘shni davlatga o‘tish maqsadida harakatlanib ketayotgan vaqtida to‘xtatigan.

Avtoulovni to‘xtatish jarayonida haydovchi M.N. mazkur avtoulovdan o‘ramlarni olib, qir-adirga yashirishga uringan vaqtida qo‘lga olingan.

Qora paketlarga solingan mazkur o‘ramlar qonunbuzarning o‘zi va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ularda jami 516 486 AQSh dollari mavjudligi va mazkur naqd xorijiy valyutalarni qo‘shni davlatga noqonuniy olib chiqish rejalashtirilganligi aniqlandi.

Hozirda qonunbuzardan naqd xorijiy valyutalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50