Obuna bo`ling!
USD10588.01
EUR12881.37
RUB146.62
“Bolalarga bering dunyoni!”
Jun 2, 2021
59

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati bo‘limi boshqaruvi tomonidan 1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali sport majmuasida viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat bo‘limi boshqaruvi hamkorligida “Bolalarga bering dunyoni!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur bayram tadbirida Farg‘ona shahridagi 26, 31, 39, 42, 43, 45, 52 hamda 57-o‘zbek va rus tillariga ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari rasm chizish, sheʼr aytish, qo‘shiq kuylash hamda bir-biridan go‘zal raqslari bilan tomoshabinlar ko‘ngillarini xushnud etdilar.

 

Shu bilan bir qatorda, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida sport chiqishlari, shaxmat-shashka o‘yinlari tashkil etildi.

 Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan bolajonlarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi.

                                                                      

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

 Farg‘ona viloyati bo‘lim boshqaruvi

matbuot xizmati

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50