Obuna bo`ling!
USD10642.43
EUR12662.36
RUB145.69
Access mikrostipendiya dasturi koordinatori - Farg‘ona davlat universitetida
Jul 12, 2021
81

Ma’lumki, Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamentining ta’lim va madaniyat ishlari bo‘yicha byurosi Farg‘ona davlat universitetida 2020 – 2022 o‘quv yili uchun ingliz tilidagi Access mikrostipendiya dasturi (ACCESS)ni ma’qullagan holda, ikki yilga mo‘ljallangan - 50 000 AQSh dollari miqdoridagi loyihani (13-18 yoshli bolalarda maktabdan keyingi darslar va intensiv mashg‘ulotlar orqali ingliz tili ko‘nikmalarini o‘stirish maqsadlariga qaratilgan) e’lon qilgan edi.

Kuni kecha mazkur loyiha doirasida Farg‘ona shahridagi Wine Garden kompleksida o‘quvchilar yozgi oromgohining yopilish marosimi o‘tkazildi. Marosimda Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov ishtirok etib,  yoshlar va dastur koordinatorlari faoliyatini yuqori baholadi.

Aytish mumkinki, loyiha ijrosi doirasida Farg‘ona davlat universitetining chet tillari fakulteti, ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan samarali ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Farg‘ona shahar xalq ta’limi bo‘limi tassarufidagi ta’lim muassasalaridan 45 nafar iqtidorli va kam ta’minlangan  o‘quvchilar tarkibi shakllantirilib, 3 nafar ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari  boshchiligida oktabr – iyun oylarida o‘quvchilarga intensiv ingliz tili mashg‘ulotlari 130 soat davomida o‘tilgan.

Shuningdek, joriy yilning 25 iyun - 9 iyul kunlari 14 kunlik 70 soat ingliz tili dars mashg‘ulotlari yozgi sayyor o‘quvlarga aylantirildi. Bunda o‘quvchilar ingliz tili darslaridan tashqari Uchko‘prik "Mehrigiyo" dorivor o‘simliklari lavanda dalalari, Xudoyorxon saroyi, Rishton xalqaro kulolchilik markazi, Namangan  afsonalar vodiysi hiyoboni, Andijon viloyatidagi Boburiylar tarixi muzeyi, Quvasoy shahridagi "Vodiy tulporlari" ot sporti komplekslariga sayohat qildilar.

Quvonarlisi, ayni kunlarda 2020-2022 yillar uchun №SUZ80020GR0040 raqamli ACCESS dasturi koordinatori etib tayinlagan jamoadoshimiz -  chet tillari fakulteti, ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Nargiza Tairova ushbu loyihaga boshchilik qilmoqda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50