Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
Notariuslar ishi kamayadi. Yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma 1 oktyabrdan bekor qilinadi
Sep 10, 2019
49

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Kelayotgan yilning 1 yanvaridan e'tiboran qurilishi tugallanmagan uy-joylarni sotishda hokimliklarning ruxsati, vasiylikdagi shaxs nomidan turar joyni ijaraga (arendaga) berishda vasiylik va homiylik organining roziligi talab etilmaydi. 

Bir qator notarial harakatlarni majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda.

Xususan, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi. 

2020 yil 1 yanvardan boshlab korxonani ijaraga, tekin foydalanishga berish, birlamchi bozorda mol-mulkni lizingga berish va garov (ipoteka) shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi. 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50