Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
Qo‘qonda ulkan ko‘za va piyolaning g‘aroyib surati chizildi
Sep 10, 2019
39

Andijonlik rassom Murod Umar o‘zining 3D yo‘nalishidagi rasmlari bilan ko‘pchilikka tanish. Uning navbatdagi ijodiy ishi ilk marotaba Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tayotgan Qo‘qon shahrida yana bo‘y ko‘rsatdi.

– Anjumanga hissamizni qo‘shish, milliy qadriyatlarimizni aks ettirish maqsadida shogirdim Husniddin Baydjumanov bilan uzoq izlandik, – deydi rassom. – Taklif etilgan ko‘plab namunalar ichidan Qo‘qonga xos bo‘lgan ko‘za hamda piyolani tanladik va uning eskizini yaratdik.

Festival o‘tadigan hududdagi beton yo‘lakka tushirilgan tasvirning uzunligi 50 metr bo‘lib, ma’lum masofa va balandlikdan suratga olinganida ulkan ko‘za va piyolaning tik turgan shakli paydo bo‘ladi. O‘ziga xos san’at asari bayramona tarzda boshlangan festival ishtirokchilariga zavq-shavq bag‘ishlab, piyola ichida yoki ko‘zani ushlab rasmga tushuvchilar safi kengaymoqda.

Sohibnazar Abdulboqiyev

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50