Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
Xalqaro festival mehmonlarni kutib olmoqda
Sep 10, 2019
90

Ayni kunlarda Qo‘qon shahriga viloyatlarimizdagi mehmonlar bilan birgalikda butun dunyodan yuzlab xorijliklar “oqib” kelmoqda.

Ko‘hna Ho‘qandi latif festival oldidan yanada tarovatli ko‘rinish kasb etgan. Obod yo‘llar, bog‘lar, zamonaviy binolar, har bir ko‘cha va mahallalar  bayramona ko‘rinish olgan.

Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik jarayonlari, qurilish va bunyodkorlik ishlari o‘z vaqtida samarali va sifatli tarzda yakuniga yetkazildi. Mamlakatimizning turli viloyatlari  va xorijlik mehmonlar o‘zbekona udum va an’analarimizga mos tarzda kutib olinmoqda.

Qo‘qon shahriga Surxondaryo delegatsiyasi barcha mehmonlardan avval tashrif buyurdi. Tarkibda   60 nafar mohir hunarmandlar, baxshilar, madaniyat va san’at sohasi namoyandalari bor. Surxonliklar ayni chog‘da namoyish maydoniga vohaga xos  chodiru o‘tovlar tikib, milliy kashtachilik, gilamdo‘zlik, to‘quvchilik hunarlari mahsuli, milliy lapar va qo‘shiqlar   bilan barcha mehmonlar, sayyohlarni xushnud etmoqda.

– Bir necha yil avval Marg‘ilonga safarim davomida Qo‘qonda bo‘lganman, – deydi boysunlik gilamdo‘z-hunarmand Malikaxon Podshoeva. – Qo‘qon shahri tanib bo‘lmas darajada go‘zal va betakror kentga aylanibdi. Qisqa muddatda shaharning o‘ziga xos taraqqiy etishidan boshimiz osmonga yetdi. Biz allaqachon festivalga tayyorgarlik ishlarini yakuniga yetkazib bo‘ldik. Ko‘rib turganingizdek, hozirda sayyohlar va mahalliy aholi uchun chiroyli  dasturlar va ko‘rgazmalar tashkillayapmiz. Hamma bayram kayfiyatida.  Bir so‘z bilan aytganda,  O‘rda maydonida xalqimizning qadriyat va an’analari namoyish etilyapti.

 

Elyorjon EHSONOV

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50