Obuna bo`ling!
USD10642.43
EUR12662.36
RUB145.69
Diqqat! “Vatanparvar” tashkiloti jurnalistlar o‘rtasida tanlov eʼlon qiladi
Jul 15, 2021
86

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tashkil etilganiga 30 yil to‘layotgani munosabati bilan jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Vatanparvar” tashkiloti – jurnalist nigohida” mavzuidagi respublika tanlovini eʼlon qilinadi.

Tanlovda mamlakatimiz hamda boshqa davlatlarda yashovchi barcha jurnalist va blogerlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov nominatsiyalari:

- “Eng yaxshi tele-jurnalist”;

- “Eng yaxshi radio-jurnalist”;

- “Eng yaxshi bosma OАV jurnalisti”;

- “Eng yaxshi Internet-nashr jurnalisti”.

Tanlov ishtirokchilaridan quyidagilar so‘raladi:

- “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati, uning rivojlanish yo‘nalishlari, yurtimiz ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni hamda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida axborot berish;

- “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlarni Vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilayotgan yangicha samarali tizimlarni ochib berish;

- respublikamiz aholisi, shu jumladan, yoshlar uchun “Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi sport sektsiyalari va to‘garaklari hamda ommaviy texnik kasblarga o‘qitish kurslarida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar haqida ommani xabardor qilish;

- bolalar, o‘smirlar va yoshlarda “Vatanparvar” tashkiloti safiga kirish xayrixohligini va ishtiyoqini uyg‘otish.

Tanlovni o‘tkazish tartibi va muddatlari:

- tanlov bir bosqichda o‘tkaziladi;

- tanlov komissiyasi 2021-yilning 23-noyabriga qadar eng yaxshi ishlarni tanlab, g‘olib va sovrindorlarni aniqlaydi;

- ishtirokchilar o‘z materiallarini (yaʼni maqola, blog, ko‘rsatuv, videorolik, eshittirishlarni) joriy yilning 1 noyabriga qadar tanlov komissiyasi ko‘rib chiqishi uchun quyidagi manzilga yuborishlari lozim:

100017, Toshkent shahri, Osiyo ko‘chasi, 86-А uy, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi.

Elektron manzil: matbuot@vatanparvar.uz

Telefon: (71) 235-52-63.

Tanlovga kelgan materiallarni o‘rganish tartibi:

- tanlovga ommaviy axborot vositalari, jumladan, televidenie, radio, bosma nashrlar, veb-saytlar yoki messenjer va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalarda eʼlon qilingan materiallargina qabul qilinadi.

- tanlov komissiyasi har bir jurnalistik materialni xolislik va shaffoflik printsiplariga asoslangan holda o‘rganadi.

Jurnalistlardan qabul qilinadigan materiallar:

- bosma nashrlardagi materiallar davriy nashrlarda, Internetdagi maqolalar esa А-4 formatdagi qog‘ozda eʼlon qilingan sayt manbasi ko‘rsatilgan holda taqdim etilishi lozim. Ishning hajmi – 1,5 intervalda, Times New Roman, 14 shriftda bo‘lishi kerak.

- teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar diskka ko‘chirilgan holatda taqdim etilishi lozim (texnik nosoz deb topilgan ishlar ko‘rib chiqilmaydi).

- material yozilgan elektron manba (CD, DVD, flash) tanlov ishiga ilova qilinadi.

Titul varag‘ida quyidagilarni ko‘rsatish lozim:

- muassasa nomi, pochta indeksi va manzili;

- ish mavzusi;

- muallif haqida maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, pochta indeksi, uy manzili, telefon raqami);

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ishlar tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Qabul qilingan ishlar qaytarilmaydi.

G‘oliblarni taqdirlash:

- tanlov g‘oliblari “Vatanparvar” tashkiloti hisobidan xarid qilingan va tayyorlangan qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadi;

- g‘oliblar joriy yilning 23 noyabrida – “Vatanparvar” tashkiloti tashkil topgan kunga bag‘ishlangan tantanali marosimda taqdirlanadi.

Ozbekiston Respublikasi mudofaasiga komaklashuvchi

“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50