Obuna bo`ling!
USD10315.62
EUR12210.60
RUB136.28
Deputat aslida kim? U xalqning ishonchli vakili ekanligini unutmasligi kerak
Feb 4, 2020
347

Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga o‘tkazilgan saylovlar deputat bo‘lishni istagan fuqarolar uchun chinakam siyosiy imtihonga aylandi.

Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston “Adolat” SDP viloyat Kengashining “Deputat – xalqning ishonchli vakili” mavzusidagi sayyor o‘quv seminarida Farg‘ona, Marg‘ilon, Quvasoy shaharlari, Quva, Toshloq, Yozyovon, Qo‘shtepa, Oltiariq, Farg‘ona tumanlari Kengashi raislari va partiyadan saylangan deputatlar ishtirok etdi.

Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga o‘tkazilgan saylovlar deputat bo‘lishni istagan fuqarolar uchun chinakam siyosiy imtihonga aylandi. Saylovlar chin ma’noda xalqimizning ongu tafakkuri, siyosiy bilimi va madaniyatining yuksalishi, fuqarolik jamiyatining demokratik tamoyillar asosida shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Har bir saylovchi har jihatdan o‘zi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdilar. O‘z o‘rnida nomzodlar ham xalq ichiga kirib borib, o‘zining kasbiy va insoniy fazilatlari va bilimlarini namoyon etdilar.

Endilikda yangi saylangan deputatlarimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlashlari, xalqning dardi bilan yashab, ularga ko‘makdosh bo‘lishlari zarurdir. SHuning uchun ularga avvalo siyosiy partiya tomonidan deputatlar faoliyatining huquqiy asoslari, maqomi, burch, mas’uliyat va vazifalari borasida uslubiy, amaliy ko‘mak kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 24 yanvardagi Oliy Majlis Palatalariga Murojaatnomasida ham deputatlar fidoyi va jonkuyar bo‘lishlari, ularga qo‘yilayotgan talablar yuzasidan fikrlar bildirildi.

 Ta’kidlanganidek, deputatlarning siyosiy huquqiy bilimdonligi o‘zi a’zo bo‘lgan siyosiy partiya ning faoliyatini kuchaytirishga, mahalliy davlat hokimiyati tizimini rivojlantirishga xizmat qilishi lozimligi bugun zamon talabiga aylangan. Xalqning vakili sifatida tinimsiz mehnat qilishi, izlanish va harakatda bo‘lishi lozim. U avvalo, hamisha xalq dardi bilan yashashi, odamlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish uchun fidoyilik ko‘rsatib boshqalarga o‘rnak ko‘rsatishi kerak.

Seminarda viloyat adliya boshqarmasi etakchi maslahatchisi Nozima Tojiyevaning “Xalq deputatlari viloyat va tuman-shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlarining qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlarini amalga oshirishda asosiy protsessual mexanizmlar”, Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi Akmaljon Komilovning “O‘zbekiston Respublikasining bugungi kundagi geosiyosiy holatini belgilab beruvchi, unga ta’sir etuvchi geostrategik omillar” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

“Chet elda qonuniy ishlash, qonuniy migratsiya masalalari” mavzusida so‘z yuritgan “Vodiy-HR” xususiy bandlik agentligi vakili Nurali Suyarqulovning ma’lumotlari esa ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. Partiyaning “Bir oyda – bir ish o‘rni” loyihasi doirasida xorijda, jumladan, Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida ishlash niyatida bo‘lgan fuqarolarni davlat tomonidan rasmiy ish joylari bilan ta’minlash masalalarida hamkorlikka chaqirdi. Oylik maoshlari, mehnat sharoitlari va turlari bilan tanishtirildi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligi, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgarishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining bugungi kundagi geosiyosiy holatini belgilab beruvchi, unga ta’sir etuvchi geostrategik omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi. Deputatlar tomonidan deputatlik maqomi amal qilgan davr mobaynida o‘z saylovchilari bilan ishlashda, echimini kutayotgan dolzarb masalalarni deputatlik guruhlarida muhokama qilib, Kengash sessiyasiga kiritish tartibi, deputatlik so‘rovlarini rasmiylashtirish, ularning muddatlari, shuningdek deputatning odobi, fuqarolar bilan muloqotda bo‘lish etikasi hamda boshqa bir qator deputat faoliyati bilan bog‘liq masalalar atroflicha tushuntirildi.

 Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 Sayyor o‘quv seminari viloyatning qolgan hududlarida ham davom ettiriladi.

 

 Kamola POLVONOVA,

 O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona viloyat Kengashi matbuot kotibi

 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50