Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
Farg‘ona shahri va Beshariq tumani sog‘liqni saqlash tizimi namunali hududga aylantirilmoqda
Oct 2, 2019
51

Respublikada birinchilardan bo‘lib Farg‘ona viloyatidagi barcha shahar, tuman tibbiyot birlashmalari va viloyat markazida joylashgan yirik davolash-profilaktika muassasalalari uchun yangi onlayn hisobot tizimi ishga tushirildi.

Joriy yilning iyun oyida Farg‘ona shahri va Beshariq tumani sog‘liqni saqlash tizimini namunali hududga aylantirish bo‘yicha viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va mahalliy hokimliklar hamkorligida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan bo‘lib, ayni kunda mazkur hududlarda keng ko‘lamli ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Masalan, Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining Qirguli filiali qayta ta’mirlanib, o‘rnida zamonaviy fizioterapiya bo‘limi tashkil etildi. Yaponiyaning kichik hajmdagi ijtimoiy beg‘araz grant mablag‘lari yutib olinib, Germaniyada ishlab chiqarilgan 8 turdagi fizioterapiya jihozlari olib kelib, o‘rnatildi. Natijada 20 nafardan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Farg‘ona shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada kunduzgi shifoxona tashkillanib, qattiq va yumshoq mebellar bilan jihozlandi. 5-sonli oilaviy poliklinikaga esa mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, jumladan, raqamli rentgen, UTT, oftalmologik apparatlar, jarrohlik to‘plamlari olib kelindi.

Shahardagi barcha tibbiyot muassasalari binolarining holati xatlovdan o‘tkazilib, ta’mirtalab tibbiyot muassasalarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, Farg‘ona shahridagi tug‘ruq bo‘limi hamda 3-sonli oilaviy poliklinikada ayni paytda ta’mirlash jarayoni davom etmoqda.

Bunday ijobiy ishlarni Beshariq tumani misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi joriy ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Markaziy shifoxonaning reanimatsiya va tug‘ruqxona bo‘limlari old qismida bemorlarning yaqinlari va qarindoshlari uchun maxsus ayvonli kutish joylari qurildi.

Markaziy shifoxona jarrohlik bo‘limi uchun dunyoning rivojlangan mamlakatlarida sinovdan o‘tgan, jarrohlik amaliyotlarini choksiz, kichik tirqishdan, o‘ta aniqlikda va sifatli bajarish imkonini beruvchi zamonaviy laparoskop jamlanmasi olib kelindi.

Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning ichki va tashqi fasad qismi to‘liq joriy ta’mirlanmoqda. Shunday qurilish va obodonlashtirish ishlari 14-sonli oilaviy poliklinikada ham amalga oshirilib, muassasa qiyofasi tubdan o‘zgartirildi. 

Shuni alohida tahkidlash zarurki, Farg‘ona viloyatidagi tibbiyot muassasalari moddiy texnik bahzasini mustahkamlash bilan bir qatorda, tizimga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Masalan, respublikada birinchilardan bo‘lib Farg‘ona viloyatidagi barcha shahar, tuman tibbiyot birlashmalari va viloyat markazida joylashgan yirik davolash-profilaktika muassalalari uchun yangi onlayn hisobot tizimi ishga tushirildi.

Bu onlayn tizimga ma’lumotlar bir kunda ikki marotaba kiritilib, yangilab boriladi. Natijada viloyat tibbiyot muassasalaridagi holatni yagona oynada ko‘rish, tahlil qilish, muammo yuzaga kelganda tezkor bartaraf etish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari, Farg‘ona shahrida mavjud poliklinikalarda elektron ro‘yxatga olish tizimi joriy etildi va tibbiy xizmatdan foydalanish uchun biriktirilgan aholining tibbiy-ambulator kartalari elektron shaklga o‘tkazildi. Bu esa fuqarolarning poliklinikada navbat kutib turishi, ortiqcha vaqt sarflashlarining oldini olmoqda.

Beshariq tumanida ham elektron poliklinika tizimini tashkil kilish maqsadida tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga 30 dona zamonaviy kompyuter jamlanmasi o‘rnatilib, lokal tarmoqqa ulandi. Markaziy shifoxona, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va 14-sonli oilaviy poliklinikaga optik tolali aloqa tizimini tortish ishlari yakunlandi. Bu esa tibbiyot muassasalari o‘rtasida axborot va mahlumotlarni tezkor almashish imkoniyatini beradi.

 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50