Obuna bo`ling!
USD10315.62
EUR12210.60
RUB136.28
Farg’onada soliq boshqarmasi boshlig’i o’zgardi
Mar 19, 2020
209

Davlat soliq qo’mitasi Matbuot xizmati xabar berishicha, Jizzax, Farg’ona va Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmalari rahbarlari o’zgardi.

Yunusjon Zohidovich Nasimjonov Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig’i etib tayinlandi. Yunusjon Nasimjonov 1967-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Yunusjon Nasimjonov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shukurulloxon Xolmatxonovich Nisbatxonov Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig’i lavozimini egalladi. Shukurulloxon Nisbatxonov 1969-yil Farg’ona viloyatida tug’ilgan, yangi lavozimiga tayinlangunga qadar Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50