Bugun Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start oladi.
E’tiborlisi, bu yilgi turnirning Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma berishi musobaqaga bo‘lgan e’tiborning yana bir karra oshishiga sabab bo‘lmoqda. Shu tariqa qit’amizning ushbu yosh toifasidagi eng kuchli 16 jamoasi musobaqa g‘olibligi qatori Tokio Olimpiadasi yo‘llanmalari uchun kurash olib boradilar. Ular orasida Olimpiya terma jamoamiz qit’a chempionligini himoya qiladi.
Bugun «A» guruhining ikki o‘yini bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yilgan. 1-turda Iroq – Avstraliya, Tailand – Bahrayn jamoalarining o‘yini kutib turibdi. Songxla shahrida esa bugun O‘zbekiston va Eron OTJlar uchrashuvidan avval matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Guruhlar
«A» guruhi: Tailand, Iroq, Avstraliya, Bahrayn
«B» guruhi: Qatar, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Suriya
«C» guruhi: O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Eron, Xitoy
«D» guruhi: Vetnam, KXDR, Iordaniya, BAA
Terma jamoamiz o‘yinlari.
«C» guruhi taqvimi:
1-tur, 9 yanvar:
O‘zbekiston – Eron 1515 (Songxla)
Janubiy Koreya – Xitoy 1815
2-tur, 12 yanvar:
O‘zbekiston – Xitoy 1815 (Songxla)
Eron – Janubiy Koreya 1515
3-tur, 15 yanvar:
O‘zbekiston – Janubiy Koreya 1515 (Bangkok)
Xitoy – Eron 1515
Chorak final. 19 yanvar, Bangkok
«C» guruhining g‘olibi – «D» guruhining ikkinchi o‘rin egasi 1515
«D» guruhining g‘olibi – «S» guruhining ikkinchi o‘rin egasi 1815
Yarim final 22 yanvar 1815 Rangsit
3-o‘rin uchun 25 yanvar 1730 Bangkok
Final 26 yanvar 1730 Bangkok
(O‘yinlar Toshkent vaqti bilan berilgan)